I. umumiy qoidalar



Download 54,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi54,5 Kb.
#19191
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi» ko‘rik-tanlovi

NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
I.1. Mazkur Nizom «Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi» ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

II. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buyuk Britaniya elchixonasi homiyligidagi Britaniya Kengashi hamda O‘zbekistondagi Yevropa Uyushmasi Delegatsiyasi Tanlov tashkilotchilari sanaladi.


II. MAQSAD VA VAZIFALARI
II. 3. Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – universitetlar ma’muriyati, o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilarni keng jalb etgan holda yoshlarning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– barqaror rivojlanish masalalarini o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar mavzulariga kiritish (yangi ilmiy bazani yaratish, ma’lum soha yoki hududning barqaror rivojlanishini tadqiq etish);

– universitetning mavjud infratuzilmasi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi barqaror boshqarish prinsiplarini tashkil qilish (energiya tejovchi uskunalar, texnologiyalardan foydalanish, o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, yotoqxonalarda energiyadan samarali foydalanishni oshirish, chiqindilarni utilizatsiya qilishni optimallashtirish, ikkilamchi xomashyo, suvdan oqilona foydalanish, yon-atrofni ko‘kalamzorlashtirish, universitetlar va talabalar shaharchalari hududlarida avtotransport vositalarining harakatlanishini kamaytirish);

– universitet talabalari va xodimlariga ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda barqaror rivojlanish loyihalarida ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratish (qayta tiklanuvchi energiya manbai loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda zarur bilim, mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, texnoparklar doirasida energiya resurslarini tejash, shuningdek start-up kompaniyalarini tashkil qilish);

– o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ekologik xavfsiz, energiya tejovchi va samarali foydalanuvchi texnologiyalarni yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish;

– innovatsion loyihalarni rivojlantirish; barqaror rivojlanish doirasida jamiyatning madaniy-ijtimoiy mas’ulligini (barqaror rivojlanish maqsadlarida ekologik va axloqiy me’yorlar, qadriyatlar va professional ko‘nikmalarni) shakllantirish.


III. TANLOV QATNASHCHILARI
III. 4. Tanlov qatnashchilari:

– 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari;

– ingliz tilini egallagan talabalar;

– loyiha-g‘oya 3 ta talabadan ko‘p bo‘lmagan guruh tomonidan taqdim etilishi mumkin.

III. 5. Tijoriy tashkilotlar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega emas.

III. 6. Tanlov ishtirokchilari loyiha-g‘oyalarini taqdim etishda mualliflik va boshqa huquqlarga rioya qilishlari shart.
IV. TANLOVNI O‘TKAZISH MUDDATLARI VA TARTIBI
IV. 7. Tanlovga loyihalar joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar qabul qilinadi.

IV. 8. Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar onlayn-arizani to‘ldirishi va batafsil tavsiflangan loyiha-g‘oyani O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining quyidagi saytiga yuborishlari lozim: https://www.britishcouncil.uz/events/student-sustainability-project-competition. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun elektron manzil: info@britishcouncil.uz yoki sevara.dultaeva@britishcouncil.uz.

IV. 9. Joriy yilning 15-aprelidan 24-apreliga qadar hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi loyiha-g‘oyalar tanlab olinib, Tanlov g‘olibi aniqlanadi.

IV. 10. 2017-yilning 25-aprelida Tashkiliy qo‘mita «Ta’lim barqaror rivojlanish maqsadlari uchun eng yaxshi yoshlar tashabbusi» Tanlovi g‘olibini e’lon qiladi.

IV. 11. Tanlovning yakuniy natijasi haqidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – www.uznature.uz hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining – https://www.britishcouncil.uz/ rasmiy saytlariga joylashtiriladi.
V. TANLOV HAY’ATI
V. 12. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzilgan Tanlov hay’ati tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi mutaxassislari hamda taklif etilgan mustaqil ekspertlar o‘rin olgan.
VI. TANLOVGA KELGAN ISHLARNI BAHOLASH MEZONLARI
• Dolzarbligi – loyihada tavsiflangan g‘oya universitetning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda, barqaror rivojlanish masalalarini hal etishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

• Ijtimoiy ahamiyati – loyiha universitet ma’muriyati, o‘qituvchilar va talabalar uchun ilmiy, amaliy yoki intellektual qimmatga ega bo‘lishi lozim.

• Loyihani aniq amaliyotga tatbiq etish imkoniyati bilan batafsil tavsiflash.

• Loyihaning samarali o‘lchami.

• O‘qituvchilar, talabalar va fuqarolar orasida loyihaning keng qamrab olishini.

• Loyiha natijalarini rivojlantirish yoki uni ko‘paytirish imkoniyati va tarkibiy qism barqarorligi.

• Loyiha byudjeti asoslangan bo‘lishi hamda 7 million so‘mdan oshmasligi lozim.

• Tanlovga yuboriladigan loyiha-g‘oya tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atmosferaga uglerodlar tashlanishini kamaytirish, energiya manbalarini qayta tiklash hamda ulardan betartib foydalanish, atrof-muhit muhofaza, chiqindilarni boshqarish kabi masalalarni aks ettirishi va yosh avlodni, umuman aholini xabardor qilishga xizmat etishi lozim.


VII. TANLOV NATIJALARI XULOSASI VA MUKOFOT FONDI
VII. 13. Tanlov g‘olibi (g‘olib bo‘lgan guruh sardori) joriy yilning may-iyun oylarida Buyuk Britaniyaga safar qilish va u yerdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha fikrlar almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov g‘olibining tashrifi asnosida «green campus» («yashil universit» konsepsiyasi) konsepsiyasi amaliyotga keng tatbiq etilayotgan Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.



G‘olib universitetlar infratuzilmasi va atrof-muhitni barqaror boshqarishga singdirilgan innovatsiyalarni hamda amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi (energiyadan samarali foydalanishni oshirish, chiqindilarni alohida yig‘ishni tashqil qilish, o‘quv dasturlariga singdirish, eko-ma’rifat va h.k.).

Shuningdek Tanlovdagi g‘olib guruh barqaror rivojlanish doirasida o‘z loyihasini oliy o‘quv yurtida amalga oshirishi uchun 7 mln. so‘m mablag‘ bilan moliyalashtiriladi.
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish