I umumiy qoidalar


IV. AKSIYADORLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI AMALGA OSHIRILISHINI TA’MINLASH



Download 83 Kb.
bet3/7
Sana13.07.2022
Hajmi83 Kb.
#791869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
f2e8d79bbb516005970ba4b21a6f0bc6

IV. AKSIYADORLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI AMALGA OSHIRILISHINI TA’MINLASH
17. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta'minlash uchun AJ boshqaruv va nazorat organlari:
AJning dividendlarni hisoblashning shaffof mexanizmini ochib beruvchi dividend siyosati to’g’risidagi nizomini ishlab chiqadi;
aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizomda umumiy yig’ilish o’tkazilgunga qadar aksiyadorlarga kun tartibi, shu jumladan, kuzatuv kengashining umumiy yig’ilish kun tartibidagi masala bo’yicha pozitsiyasi yuzasidan zarur ma'lumotlarni taqdim etishni nazarda tutadi;
sanoq komissiyasiga amaliy ko’mak ko’rsatish yoki uning funksiyasini bajarish uchun mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin (masalan, investitsiya maslahatchisi yoki qimmatli qog’ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisi);
aksiyadorlar va investorlar bilan o’zaro hamkorlik uchun mas'ul xodim yoki bo’linmani belgilaydi;
ustavda AJning 1 foizdan kam bo’lmagan oddiy aksiyalari egalariga kuzatuv kengashi majlisini chaqirishni talab qilish va kun tartibi, foydani taqsimlash, boshqaruv va nazorat organi a'zoligiga ularning nomzodini (umumiy yig’ilish o’tkazilgunga qadar almashtirish imkoniyati bilan) ko’rsatish yuzasidan taklif kiritish huquqini taqdim etadi;
AJning alohida ichki hujjatida aksiyadorlar, shu jumladan, minoritar aksiyadorlar uchun ovoz berishda ularning birgalikdagi pozitsiyasini shakllantirish uchun aksiyadorlik bitimini tuzish imkonini nazarda tutadi;
AJ mablag’lari hisobidan minoritar aksiyadorlik qo’mitasini ta'minlash xarajatini qoplaydi (minoritar aksiyadorlik qo’mitasi tuzilgan taqdirda);
ustavda minoritar aksiyador hujjatlarni asossiz ravishda talab qilish va maxfiy axborotlar, tijorat sirlarini qo’llash yo’li bilan AJ boshqaruv organi faoliyatiga to’sqinlik qilmasligini nazarda tutadi;
barcha aksiyadorlarga, ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar bir xil munosabatni ta'minlaydi;
AJ aksiyadorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta'minlashga yo’naltirilgan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
18. AJ aksiyadorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta'minlash uchun AJ yuqorida qayd etilgan tavsiyalarni aks ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish