I umumiy qoidalar


II. ShAXSIY TARKIB BILAN IShLASh BO‘YIChA ORGANLARNING VAZIFALARI



Download 15,42 Kb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi15,42 Kb.
#725975
1   2
Bog'liq
SHAXSIY MUDOFAA VAZIRLIGI

II. ShAXSIY TARKIB BILAN IShLASh BO‘YIChA ORGANLARNING VAZIFALARI
1. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsiy tarkibda O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga, Vatanga qasamyodga va harbiy burchga sadoqatni, yuksak jangovar va ma’naviy-ruhiy fazilatlarni, shuningdek, o‘z Vatani tarixi va an’analariga chuqur hurmatni shakllantirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Hukumati qarorlarini, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalash;
harbiy intizomni yuqori darajada saqlash, uni mustahkamlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, harbiy xizmatning xatarsiz bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratish, halok bo‘lish va jarohatlanish hollarining oldini olish;
boshqa harbiy boshqaruv organlari bilan birgalikda mudofaa va harbiy qurilish sohasida davlat siyosatini o‘tkazish, qo‘shinlar tomonidan jangovar va safarbarlik tayyorgarligi, jangovar navbatchilik (jangovar xizmat) tayyorgarligi, tezkor va jangovar tayyorgarlik vazifalari bajarilishini ta’minlash;
shaxsiy tarkibni vatanparvarlik va internatsionalizm xalqlar do‘stligi, O‘zbekiston xalqlari urf-odatlarini hurmat qilish, yuksak hushyorlik, o‘zining tezkor va jangovar xizmat burchlarini halol va vijdonan bajarish ruhida tarbiyalash;
tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari, shakl va usullari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shaxsiy tarkibning ijtimoiy siyosiy tayyorgarligini dasturiy-uslubiy jihatdan ta’minlash;
qo‘shinlardagi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil etish va prognozlashtirish, harbiy-sotsiologik, ruhiy tadqiqotlar o‘tkazish va shu asosda harbiy boshqaruv organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
harbiy xizmatchilarning, ularning oila a’zolarining, ishchi va xizmatchilarning talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilish, shaxsiy tarkibning mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, tegishli komandirlarga (boshliqlarga) bo‘ysunuvchilarning huquqlarini ta’minlash yuzasidan takliflar kiritish;
jangovar texnika va qurollarni, ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirish, harbiy va xalq mulkini avaylab asrash uchun mas’uliyat hissini oshirish borasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
harbiy jamoalarda va garnizonlarda faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik kengashlari va komissiyalarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
zobitlar yig‘ilishi, vijdon sudlari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning, xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ular bilan ish olib borishni tashkil etish yuzasidan qo‘mondonlikka takliflar tayyorlash;
aholini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida xizmatga tayyorlash yuzasidan davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishni amalga oshirish;
shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish va ularni ma’naviy kamol toptirish masalalari bo‘yicha hokimliklar, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan aloqa qilish turish;
harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan madaniy-dam olish ishlarini olib borish, bu ishlarni tarbiyaning texnikaviy vositalari bilan har tomonlama ta’minlash;
harbiy ommaviy axborot vositalariga rahbarlik qilish hamda ularning faoliyatini Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, respublika, viloyat, shahar gazetalari va jurnallari tahririyatlari bilan muvofiqlashtirish;
qo‘shinlar uchun kinovideofilmlar va teleradio dasturlar tayyorlashda qatnashish;
shaxsiy tarkibning ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, ularni o‘qitish va tarbiyalash muammolari yuzasidan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-huquqiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etishni tashkil etish;
qo‘shinlarda kadrlar siyosati bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda, zobitlar, praporshchiklar, michmanlar va serjantlar tarkibini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va attestatsiyadan o‘tkazishda qatnashish;
qo‘shinlarda huquqiy asosda yakkaboshchilikni mustahkamlash chora-tadbirlarni amalga oshirish, harbiy kadrlarga odamlar bilan tarbiyaviy ish olib borish tajribasini o‘rgatish.
2. Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning burchlari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jamoatchilik ustavlari bilan belgilanadi.
Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish