1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi xamda xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan xamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog`iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan xam tartibga solinadi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to’g`risidagi qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |