bebaho xossalari va xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
tiklash mumkin bo’ladi. Bu usulning boshqalaridan farqi kukunsimon qoplama
material eyilgan yuzaga bir xil qalinlikda sepiladi yoki erkin holda oqizib
turiladi. Lekin valsimon detallarni qayta tiklashda bu usulni qo’llash
texnologik jihatdan qiyinchiliklar tug`diradi, ya`ni eyilgan yuzada kerakli
qatlam bir xil bo’lmaydi va kerakli sifatni bermaydi. Bunday kamchilik turli
kukunsimon qattiq qotishmalar aralashmasini qo’llashni amalga oshirish uchun
qo’shimcha konstruktorlik va texnologik echimni topish talabini qo’ydi. Xozirda
bu kamchilikni bartaraf etish yo’llari mavjud.
SHuning uchun metall kukunlarini payvandlash yuzasiga uzatishga alohida
e`tibor berilib, yangi usul yaratildi.
Mavjud metall kukunini payvandlash yuzasiga erkin holda sepish, kukunni
bunkerdan o’zi oqib tushadigan qilib uzatish usuli hamda bunkerdan kukunni
shnekli ta`minlovchi bilan uzatish o’rniga kukunsimon material detal yuzasiga
elimlangan,kukunsimon material bunkerdan erkin holda tushadi, kukunsimon
material po’lat lenta yuzasiga elimlangan holda uzatiladi. (rasm 2.4.)
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni po’lat lentaning ichki yuzasiga
elimlash usuli. Bunda kukunsimon qattiq qotishma po’lat lentaning ichki
yuzasiga presslanadi yoki elimlanadi va eyilgan yuzaga payvandlanadi. Bunda
0,3…0,4 mm qalinlikdagi po’lat lentaning detal
bilan birikadigan yuzasiga tarkibida kazein, kanifol va un bo’lgan kley
surtiladi, keyin unga bir tekis qattiq qotishma kukuni yopishtiriladi.
Qattiq qotishma zarralarining o’lchami 250…400 mkm bo’lib, u xrom
va titanning karbid-boridli qotishmasining birikmasidan iborat bo’ladi.
Ayrim hollarda VK8 yoki VK6 qattiq qotishmasidan iborat bo’lishi mumkin.
Rasm 2.4. Kukunsimon materialni payvandlash yuzasiga uzatish
sxemalari:
a- kukunsimon material detal yuzasiga elimlangan, b- kukunsimon material
bunkerdan erkin holda tushadi, v- kukunsimon material po’lat lenta yuzasiga
elimlangan holda uzatiladi.
Qattiq qotishma elimlangan lenta kontakt payvandlash usulida detalning
qayta tiklanadigan yuzasiga payvandlanadi. Detal va lenta orqali
o’tuvchi payvandlash toki kontakt nuqtalarini qizdirishi natijasida ular yumshaydi.
Bu vaqtda qattiq qotishmalar bosim kuchi ta`sirida detal va
lentaga botib qoladi. Lenta esa suyuqlanib detalga payvandlanadi.
Ushbu usulda abraziv eyilish sharoitida ishlovchi tsilindrik tashqi yuzali
detallar va tuproqqa ishlov beruvchi qishloq xo’jalik, qurilish va qazish
mashinalarining ishchi organlari kabi detallarni qayta tiklash ayniqsa samarali
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: