Darsning shiori: “Geografiyam, mening suyuk geografiyam, senga obyekt erur asli butun olam!”.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash (1,5 daqiqa)).
b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish. (0,5 daqiqa)
d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish (ekran orqali namoyish etiladi-0,5 daqiqa)
e) O`quvchilarni guruhga bo`lish.(guruhlar joylashuvi va o’rni ekran orqali korsatilib, izohlanadi va darsning oltin qoidalari ishlab chiqiladi.(0,5 daqiqa)
1. O`zaro hamkorlik.
2. Do`stlik.
3. Topqirlik.
4. Tezkorlik.
i) Baholash mezonlari. “ Oltin globus “, “ Kumush globus “, “Bronza globus” so`zlari yozilgan sakkizburchak shakllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |