I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


- BOB. ENERG IYA SA M A R A D O R L IG I VA



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/96
Sana16.04.2022
Hajmi3,78 Mb.
#556569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

1 - BOB. ENERG IYA SA M A R A D O R L IG I VA
T E JA M K O R L IG I
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida 
E n erg e tik a v azirlig in in g v a k o la tla rig a d av lat o rg an lari va 
tashkilotlarda zam onaviy energosam arador va energiya tejovchi 
texnologiyalarni jo riy etish ham da energ oresurslar iste ’m oli 
samaradorligi monitoringini amalga oshirish kiradi.
K o ‘rsatilgan vazifalarni am alga oshirish uchun 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Neft mahsulotlari va gaz- 
dan foydalanishninazoratqilish inspeksiyasi ( 0 ‘znefltgazinspeksiya) 
va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi ( 0 ‘zenergoinspeksiya) 
faoliyat yuritmoqda.
Bunda energosamaradorlikni oshirish va resurs tejash sohasida 
0 ‘zneftgazinspeksiyaning asosiy vazifa va funksiyalari etib:
- iqtisodiyot tarm oqlarida uglevodorod mahsulotlarini qazib 
olishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarilishiga qadar bo‘ lgan 
jarayonlarda norm ativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi 
ham da ularni qisqartirish chora-tadbirlarining am alga oshirilishi 
va iqtisodiyot tarm oqlari va ijtimoiy sohada oqilona foydalanish 
yuzasidan davlat nazoratini olib borish;
- iq tis o d iy o t ta rm o q la rid a d a v la t, e n e rg iy a te ja sh g a
yo‘naItirilgan dasturlaming ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida 
ishtirok etish, ularning bajarilishini nazorat qilish, energetika 
samaradorligini baholash hamda neft, gaz, gaz kondensati va ularning 
qayta ishlash mahsulotlari iste’molchilarida energetika tekshiruvlari 
va ekspertizalarini olib borilishi ishlarini muvofiqlashtirish;
- energetika tarm oqlarida energiya tejovchi texnologiyalarni 
jo riy etish, ta sh k ilo tla rd a en erg iy asa m ara d o rlik n i o shirish
4


jarayonlarini tezlashtirishda ishtirok etish va inspeksiya vakolatlari 
doirasida amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi 
PQ-3012-sonli «2017 - 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani 
yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarm oqlari va ijtim oiy sohada 
e n erg iy a sa m a ra d o rlig in i o sh irish c h o ra -ta d b irla ri d astu ri 
to ‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq, m am lakatim izda faoliyat olib 
borayotgan sement ishlab chiqarish korxonalarini quruq usuldagi 
ishlab chiqarishga ham da pishgan g ‘isht, ohak ishlab chiqarish 
korxonalari ham da issiqxona x o ‘jalik larin ing 2017-2020 yillar 
davomida bosqichma-bosqich muqobil yoqilg‘i (ko‘mir)ga o ‘tkazish 
yuzasidan am alga oshirilayotgan ishlar « 0 ‘zneftgazinspeksiya» 
tomonidan tizimli nazoratga olingan.
2018-yilda hamda joriy yilning o ‘tgan davri mobaynida ko‘mir 
yoqilg‘isining afzalliklari va erishiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 
yoritish bo‘yicha doim iy ravishda profilaktik tadbirlar o ‘tkazib 
kelinmoqda, y a’ni tadbirkorlik subyektlari ishtirokida o ‘tkazilgan 
seminar-yig‘ilishlar, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishiar, 
issiqxona va pishgan g ‘isht ishlab chiqarish korxonalari misolida 
y o qilg ‘i sarfi yuzasidan o ‘tkazilgan taqqoslov tahlillari shular 
jumlasidandir.
Bu borada, 1200 nafar tadbirkorlik subyektlari ishtirokida 25 
m arotaba o ‘tkazilgan k o ‘rgazm ali sem inarlarda m utaxassislar 
tom onidan qaror mohiyati va k o ‘m ir yo q ilg ‘isining afzalliklari 
bo‘yicha berilgan tushuntirish va tavsiyalar, issiqxona xo‘jaliklari va 
pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonalarida 2 marotaba jurnalistlar 
uchun tashkil etilgan media-tur, k o ‘m ir yoqilg‘isidan foydalanish 
afzalliklari va erishiladigan iqtisodiy k o ‘rsatkichlari b o ‘yicha 
tayyorlangan va « 0 ‘zbekiston 24» hamda «Sevimli» televideniyelari 
orqali efirga uzatilgan 10 ta qisqa metrajli video lavhalar, «Kun.uz» 
ham da «Gazeta.uz» ijtimoiy tarm oqlari va m ahalliy gazetalarda 
chop etilgan maqolalami misol qilish mumkin.
5


« 0 ‘zneftgazinspeksiya» tomonidan olib borilgan keng qamrovli 
profilaktik tadbirlar natijasida, Respublika b o ‘yicha 202 ta (36%) 
pishgan g ‘ isht ishlab chiqarish korxonalari va 155 ta (27%) issiqxona 
xo‘jaliklari tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o ‘tkazilishiga va yiliga 
360 mln metr kubdan ziyod tabiiy gazning iqtisod qilinishiga erishilgan.
Shuningdek, ushbu ishlarning davomi sifatida, bugungi kunda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ- 
4335-sonli qarorlariga asosan pishgan g ‘isht, ohak, sement ishlab 
chiqarish korxonalari ham da issiqxona x o ‘jalik larid a energiya 
tejam korlik m ezonlariga muvofiqligi bo‘yicha o ‘rganib chiqilib, 
energiya tejamkorlik ta ’minlanmagan korxonalarning bosqichma- 
bosqich m uqobil y o q ilg ‘i (k o ‘m ir)ga o ‘tkazish uchun issiqlik 
berish quvvati yuqori b o ‘lgan ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta ’m inlash 
masalasi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ko‘mir 
yoq ilg‘isida ishlaydigan qozonlarni ishlab chiqish va o ‘rnatish 
bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar va chet el korxonalari jalb 
qilinmoqda.
Qarorda qayd etilgan vazifalarni to iiq amalga oshirish orqali 
Respublika iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun yil davomida 
tayyor xom ashyo bo‘lgan 5 mlrd m etr kubdan ziyod tabiiy gaz 
tejalishiga hamda o ‘z navbatida tadbirkorlik subyektlariga yoqilg‘i 
resurslariga sarflanayotgan xarajatlar m iqdori kam ayishiga va 
mahsulot tannarxining arzonlashishiga olib keladi.
E nergiy a sam ara d o rlig i 0 ‘z en erg oin sp ek siy an in g asosiy 
v azifalaridan biri b o ‘lib, iqtisodiyotning asosiy tarm oqlarini 
rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar va davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya 
zichligini kam aytirish, elektr va issiqlik energiyasini sam arali 
ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek 
ko‘mirdan foydalanish bo‘yicha takliflarda faol ishtirok etmoqda, 
tizim li asosda energiya zichligini kam aytirish elektr va issiqlik 
energiyasidan, shuningdek ko‘mirdan samarali foydalanish bo‘yicha
6


tadqiqotlar, m anfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish 
va energiya sarfini kam aytirish b o ‘yicha takliflar tayyorlaydi, 
raqobatbardoshmahsulotlar ishlab chiqarishuchunqaytatiklanadigan 
energiya m anbalaridan foydalanishning istiqbolli y o ‘nalishlarini 
aniqlaydi va ularni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish 
bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda asosiy maqsad mavjud 
im koniyatlardan oqilona foydalanish orqali ishlab chiqarilgan 
elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish tartibiga
shuningdek davlat nazoratiga rioya qilishni kuchaytirish zarur. Shu 
bilan bir qatorda eskirgan va ishdan chiqqan elektr texnologiyalarni 
zamonaviy uskunalar bilan almashtirish muhimdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabr- 
dagi «Sanoat tarmoqlari korxonalarining jism oniy ishdan chiqqan va 
m a’naviyeskirganmashina-uskunalarinijadalyangilash, shuningdek, 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora- 
tadbirlar to ‘g ‘risida»gi PQ-2692-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
nmqsadli parametrlarga asosan 2019-yilning birinchi yarim yilligida 
633 ta, yarim yilik rejaga asosan 72,5 %, yillik rejaga asosan 34,5 % 
jism oniy ishdan chiqqan va m a’naviy eskirgan mashina-uskunalari 
almashtirildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi 
PQ-3012-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan elektr energiyasini 
te ja sh b o ‘y ic h a ta sh k iliy -te x n ik c h o ra -ta d b irla rig a asosan
2019-yilning birinchi yarim yilligida jam i 182,545 mln.kVt.s. elektr 
energiyasi tejalishiga erishilgan.
Jism oniy ishdan chiqqan va m a ’naviy eskirgan m ashina- 
uskunalarini yangilash, elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy- 
texnik chora-tadbirlar bajarilishi evaziga joriy yilning birinchi yarim 
yilligida ishlab chiqarish xarajatlari o ‘rtacha foiz hisobida 0,6 % 
ham da bir birlik m ahsulot ishlab chiqishga sarflanadigan elektr
7


energiyasi miqdori o ‘tgan yilga nisbatan o ‘rtacha foiz hisobida 5,3 
% kamaytirilishiga erishilgan.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Energiyadan 
oqilona foydalanish to ‘g ‘risida»gi qonun talablariga va 0 ‘zbekiston 
R espublikasi V azirlar M ahkam asining 2006-yil 7-avgustdagi 
164-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yoqilg‘i-energetika resurslari 
iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o ‘tkazish 
qoida!ari»ga asosan « 0 ‘zenergoinspeksiya»si energoauditorlar 
tomonidan tuzilgan energetika tekshiruvlami o ‘tkazish dasturlari 13 
ta korxona bo‘yicha tasdiqladi.
0 ‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida korxonalarda yoqilg‘i- 
energetika resurslaridan foydalanish samaradoriigiga baho berilib 
yoqi!g‘i va energiya ta’minoti xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari 
aniqlanadi.

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish