I. To’plamning



Download 3,35 Mb.
bet35/38
Sana08.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#645181
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari s1yGWka (3)

Birinchi tamoyildatarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin.Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl-serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’pbo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin.Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin.
Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi vako’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl- server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura debataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida

ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi.


Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlariilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlashvaqayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochtaserverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabulqilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi.Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga.Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir.Uning

tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi.Uning nomining o`zi


«tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi.Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan.Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega.
O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).

2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi


Globaltarmoqlar


Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi.
Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko’pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan.Masalan, ko’pyillar davomida global tarmoqlar vaqtning harmomentida faqat bitta analog shakldagi so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tona chastota kanallari asosida qurilgan.
Global kompyuter tarmoqlari rivoj lanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlabchiqildi.
Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan.Lekin 80- yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo’ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa–yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko’rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati bo’yicha ancha keyin yaralgan bo’lsada bu borada uzoq vaqt pesh qadam bo’lgan local tarmoqlar bilan raqobatlasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – kata bo’lmagan hududda, odatda 1-2 kmradi usatrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy olganda local tarmoq bir tashkilotga tegishli bo’lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi o’z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay

qoldi, ular boshqa bo’limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter ma’lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal tarmoqlari vujudga keldi.


Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo’lmagan dasturiy- apparat vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o’z ma’lumotni taqdim etish usuli, o’ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xilda goulash qurilmalari faqatgina qaysi modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo’lsa, shu turdagi kompyuterlarni ulashi mumkin bo’lgan, masalan PDP-11 mini- kompyuterini IBM 360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari bilan.
80-yillar o’rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o’zgara boshladi. Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi - Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning paydo bo’lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi kata turtki bo’ldi. ShK lokal tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari, ya’ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, FastEthernet 100 Mbit/s va Gigabit Ethernet 1000 Mbit/sni o’z ichiga olgan Ethernetoilasi lokal texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo’ldi.
Ma’lumotlar jo‘natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari bo‘yicha ma’lumot jo‘natishning raqamli platformasida o‘tkaziladi. Raqamli kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo‘lgan talablarni o‘zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi texnologiyalari paydo bo‘ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo‘qotish va uni yo‘qotish bilan bog‘liq barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta’minotga qayta topshirish samaraliroqligi tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi katta hissa qo‘shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar texnologiyalaridan ustun bo’lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame

relay- turli quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda.


Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari, o‘z xizmat to‘plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha ma’lumotlar – surat, videofilm, ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma’lumotlarni yetkazib berish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug‘ildi. Yaqqol misol- bu asosan Internetga ma’lumotlarni jo‘natuvchi bo‘lib qolgan World Wide Web gipertekst ma’lumot xizmatidir.
Lokal va global tarmoqlar yaqinlashuvi ko‘rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog‘i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o‘z mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda local hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternative kirish texnologiyalari orasidagi raqobatning asosiy qismlari ko‘rsatilgan.
2.2.-rasm.Simsiz vamobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo‘yicha Internetga keng polosali kirish va Wi- Fibirikmasi, hamda PSTN missimlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda, ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta’minladi.





3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an’anaviy ovoz xizmatlari takliflarini kengaytiradi.
Mobil va o‘tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo‘lgan va o‘rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar to‘plamiga ega bo‘lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang‘ich iste’molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi.
Internet orqali ovozli telefoniya(VoIP) an’anaviy telefoniya bilan raqobatlasha boshladi.
Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an’anaviy telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish(WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar.
IEEE 802.х standartlari
1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish qo'mitasini tashkil etdi, natijada IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa LANning quyipog’onalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik ushbu qo'mita faoliyati natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga asos

bo'ldi. Ushbu standartlar Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng tarqalgan vendorlar standartlarga asoslangan edi.


IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda boshqa tashkilotlar ham qatnashdilar.Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan tarmoqlar uchun ANSI, Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligini ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi. IEEE 802.x oila standartlari yetti pog’onali OSI modelining atigi ikkita pastki pog’onani qamrab oladi –fizikaviy vava kanal. Buning sababi shundaki, aynan shu pog’onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Tarmoqdan boshlab yuqoripog’onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun asosan umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati, shuningdek, kanal pog’onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular ko'pincha sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni boshqarish; Media Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish.
MAC sathi umumiy muhitni to'g'ri bo'lishishini ta'minlaydi, uni u yoki bu tarmoq tuguni ixtiyorida ma'lum algoritmga muvofiq ravishda ta'minlaydi. Zamonaviy mahalliy tarmoqlarda MAC ning bir nechta protokollari keng tarqalib, umumiy uzatish vositaga kirish uchun turli algoritmlarni amalga oshirdi.Ushbu protokollar Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit-Ethernet, Token Ring, FDDI kabi texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq aniqlaydi.
LLC sathi ma'lumotlar kadrlarini turli ishonchlilik darajalari bilan tugunlar o'rtasida uzatish uchun javobgardir, shuningdek, qo'shni tarmoq pog’onasi bilan interfeys funktsiyalarini bajaradi. Aynan LLC orqali tarmoq protokoli kanal pog’onasidan kerakli transport bilan ishlashni talab qilinadigan sifat bilan talab qiladi. LLC ushbu pog’onadagi kadrlarni tiklash protseduralari mavjudligida yoki yo'qligida, ularning yo'qolishi yoki buzilishida farq qiladigan, ya'ni ushbu darajadagi transport xizmatlarining sifati bilan farq qiladigan bir nechta ishlash usullari mavjud.
MAC va LLC protokollari o'zaro mustaqil - har bir MAC protokoli har qanday LLC protokoli bilan ishlatilishi mumkin va aksincha.
IEEE 802 standartlari 1-rasmda ko'rsatilgan juda aniq tuzilishga ega:




oladi:
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga



    1. - Internetworking– tarmoqlarni birlashtirish;

    2. - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni

boshqarish;

    1. - EthernetCSMA / CD kirish usuli bilan;

    2. - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar;

    3. - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar;

    4. - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network;

    5. - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish bo'yicha texnik maslahat guruhi;

    6. - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun texnik maslahat guruhi;

    7. - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va ma'lumotlar tarmoqlari;

    8. - Network Security - tarmoq xavfsizligi;

    9. - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar;




    1. - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar.

IEEE 802.3
Stаndаrt tаrmоqlаr o‘rtаsidа eng ko‘p tаrqаlgаn tаrmоq bu Ethernet tаrmоg‘idir. U birinchi bo‘lib 1972 yildа Xerox firmаsi tоmоnidаn yarаtilib, ishlаb chiqаrilа bоshlаndi. Tаrmоq lоyiхаsi аnchа muvоfаqiyatli bo‘lgаnligi uchun 1980 yili uni kаttа firmаlаrdаn DEC vа Intel qо‘llаdilаr (Ethernet tаrmоg‘ini birgаlikdа qо‘llаgаn firmаlаrni bоsh hаriflаri bilаn DIX dеb yuritilа bоshlаndi). Bu uchtа firmаning hаrаkаti vа qо‘llаshi nаtijаsidа 1985 yili Ethernet hаlqаrо stаndаrti bo‘lib qоldi, uni kаttа hаlqаrо stаndаrtlаr tаshkilоtlаri stаndаrt sifаtidа qаbul qilаdilаr: 802 IEEE qо‘mitаsi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) vа ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu stаndаrt IEEE 802.3 nоmini оldi.
IEEE 802.03 stаndаrtining аsоsiy ko‘rsаtgichlаri quyidаgilаr: Tоpоlоgyasi – shinа; uzаtish muхiti – kоаksiаl kаbеl; uzаtish tеzligi – 10
Mbit/s; mаksimаl uzunligi – 5 km; аbоnеntlаrning mаksimаl sоni – 1024 tаgаchаn; tаrmоq qismining uzunligi – 500 m; tаrmоqning bir qismidаgi mаksimаl аbоnеntlаr soni – 100 tаgаchа; tаrmоqgа egа bo‘lish usuli – CSMA/CD, uzаtish mоdulyatsiyasiz (mоnоkаnаl). Jiddiy qаrаlgаndа IEEE 802.3 vа Ethernet оrаsidа оz fаrq mаvjud, lеkin ulаr hаqidа оdаtdа eslаnmаydi.
Ethernet hоzir dunyodа eng tаnilgаn tаrmоq vа shubhа yо‘q аlbаttа u yaqin kеlаjаkdа hаm shundаy bo‘lib qоlаdi. Bundаy bo‘lishigа аsоsiy sаbаb, uning yarаtilishidаn bоshlаb hаmmа ko‘rsаtgichlаri, tаrmоq prоtоkоli hаmmа uchun оchiq bo‘lgаnligi, shundаy bo‘lgаnligi uchun dunyodаgi judа ko‘p ishlаb chiqаruvchilаr Ethernet qurilmа vа uskunаlаrini ishlаb chiqаrа bоshlаdilаr. Ulаr o‘zаrо bir-birigа to‘liq mоslаngаn rаvishdа ishlаb chiqilаdi аlbаttа. Dаstlаbki Ethernet tаrmоqlаridа 50 Оmli ikki turdаgi (yug‘оn vа ingichkа) kоаksiаl kаbеllаr ishlаtilаr edi.Lеkin kеyingi vаqtlаrdа (1990 yil bоshlаridаn) Ethernet tаrmоg‘ining аlоqа kаnаli uchun o‘rаlgаn juftlik kаbеllаridаn fоydаlаnilgаn vеrsiyalаri kеng tаrqаldi.Shuningdеk оptik tоlаli kаbеllаr ishlаtilаdigаn stаndаrt hаm qаbul qilindi vа stаndаrtlаrgа tеgishli o‘zgаrtirishlаr kiritildi. 1995 yili Ethernet tаrmоg‘ining tеz ishlоvchi vеrsiyasigа stаndаrt qаbul qilindi, u 100 Mbit/s tеzlikdа ishlаydi (Fast Ethernet dеb nоm bеrildi, IEEE 802.03 u stаndаrti), аlоqа muхitidа fgаn juftlik yoki оptik tоlа ishlаtilаdi. 1000 Mbit/s tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi hаm ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z stаndаrti).

“TASDIQLAYMAN”


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova

Guruhlar

Dars o’tiladigan sana












2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI № 26
Mavzu(nomi): Tarmoq protoqol tushunchasi O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish