Parokandalik-mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo’ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik.
Miyonqol-Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi hudud. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deb atalgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
8 - “A” _______________ 8 - “B”________________ 8 - “V”_________________ Darsning mavzusi: 11-&. ASHTARXONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, xo’jaligi: dehqonchilik, hunarmandchilk, savdo-sotig’i, chorvachiligi haqida, davlat boshqaruv tartibi, soliq tizimi, xalq noroziliklari haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 8-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 8-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: ASHTARXONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i-Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan.
Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta’min-lanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi.
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishnmg, yangi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |