I. Tarix va zamonamiz. Ulug’ ajdodlar. I▲ 1-topshiriq



Download 327,16 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi327,16 Kb.
#429491
Bog'liq
I. Og‘zaki nutq Tarix va zamonamiz. Ulug’ ajdodlar. Intellektua (1)





I. Tarix va zamonamiz. Ulug’ ajdodlar. I▲ 1-topshiriq. Matnni o‘qing, unda ilgari surilgan fikr haqida bahs uyushtiring.
O‘tmishini unutgan xalq qullikka mahkumdir
Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o‘g‘uz, qipchoq, uyg‘ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko‘plab qabilalar o‘zbek xalqining shakllanishida muhim o‘rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog‘iy:
Tor ko‘ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir, tenglik qiling, —
deb yozganida o‘zbek xalqining tashkil topishida 92 urug‘ vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O‘zbekistonning qayeriga borsangiz, darxon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug‘ nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o‘tganligidan aks sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko‘raylik. Qipchoqmahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo‘jaligida mavjud. Bu nom o‘zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o‘rin tutganligidan dalolat berib turibdi. Bu gapni o‘g‘uz, qorluq-chigil-uyg‘ur qabilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «O‘tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo‘q». Aziz o‘quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olishga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.



Buyuk allomalarimiz
Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlar nomi barchamizga birdek tanish. Dunyoning barcha burchaklarida istiqomat qiluvchi insonlar ular tomonidan yaratilgan kashfiyotlar, mo’jizalar, nodir asarlarni qadrlashadi, ularning bilimi, aql-zakovatiga tan berishadi. Xalqimiz orasida ular hayoti va faoliyatiga doir turli afsona-yu rivoyatlar, hikoyalar keng tarqalgan.


BUYUK DAVLATCHILIGIMIZ ASOSLARI
Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan. Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usidir. Shu tabarruk zaminning munosib farzandlaridan biri sanalgan Yusuf Xos Hojib boqiy davlat uchun to‘rtta tirgak kerakligini «Qutadg‘u bilig» asarida qayta-qayta ta’kidlagan edi. Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va bilimdir. Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan. Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan. Adolat, ma’rifat va yuksak ma’naviyat tarixiy davlatchilikning hamishalik poydevori sanalib kelingan qudratli davlat barpo etgan Amir Temurning o‘z muhriga «Rosti – rusti», ya’ni «Kuch adolatdadir» deb yozdirib qo‘yganida ham ayni mana shu fikr barqarordir.
Hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridan birida: «Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi», — deb aytgan edilar.
Darhaqiqat, o‘tmishdan saboq olib, kelajagini dadil barpo etayotgan millatni yengish sira mumkin emas.
I-o’yin: “Buyuk bobokalonlarimizni bilamizmi?”
Bunda xohlagan o’quvchi o’z navbati bilan borib sandiqcha yoki qopning ichidan qog`oz oladi. Qog`ozlarga buyuk mutafakkirlarimiz ismlari yozilgan bo’ladi. Kimga qaysi mutafakkir yoki qomusiy olim tushsa, o’sha haqida o’z bilgan ma’lumotlarini berishi kerak. Masalan: Abu Ali ibn Sino qog`ozi bo’lsa, uning tibbiyot ilmiga qo’shgan hissasi haqida bayon qiladi.
II -o’yin: “Pinbord” texnikasi asosida ta’limiy o’yin
Bu o’yinda aksincha sandiqcha yoki qopning ichida o’qituvchi tomonidan yozilgan buyuk allomalarimizga oid ma’lumotlar berilgan qirqma qog`ozlar qo’yiladi. Taxtada 5-6 ta buyuk el farzandlari yoki allomalari ismlari yozilgan qog`ozlar qo’yiladi. Xohlagan o’quvchi chiqib sandiqchadan bitta qirqma qog`oz oladi va uni o’qiydi. Bu ma’lumot kimga tegishli bo’lsa, taxtaga borib nomi yozilgan buyuk shaxslar tagiga qistirib boradi. Masalan: “ U 1998 yil Osiyo chempionatida 1-o’rinni, 1999 yili yoshlar o’rtasida jahon chempionatida 2-o’rinni, 2001-yil Essen shahridagi chempionatda 1-o’rinni, 2002-yil Pamilonada 1-o’rinni, 2003-yil Viessingenda 1-o’rinni egalladi, 2005-yil Laynari shahridagi shaxmat chempionatida 12 grossmeysterdan 4-bo’lib, eng yaxshi natija ko’rsatdi” –degan qirqma qog’oz tushsa, buni shubhasiz Rustam Qosimjonov degan qog`ozning tagiga qistirib qo’yadi.
O’yin shu tariqa davom etadi.

YOSHLAR — VATANNING QANOTLARI
O‘zbekistonning kelajagi yorug‘, ertasi porloq. Uning oltin kaliti yoshlar qo‘lida. Ular shu kalit yordamida yo‘llaridagi muammolarni yechib ketaveradilar. Xalqimiz dilbandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan go‘shalarida ta’lim olib kelmoqdalar. Fan-texnika, ilm sirlarini o‘rganib yurtimizni obod qilish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Ishonamizki, yoshlarimiz o‘zlarining zimmasiga yuklangan vazifani sharaf bilan ado etadi, O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqadi.
O‘zbekistonni o‘zbek xalqi o‘z mehnati, aql-idroki bilan yaratgan! O‘zbekistonni mo‘jizalar diyori, jannatdek mamlakat deydilar. Bu go‘zal Vatan osmondan tappa-tayyor holda o‘zicha yerga tushib qolmagan. U tinimsiz xatti-harakat va fidokorona mehnat ila, xalq dahosi ila bunyod etilgan.
O‘zbek xalqi azaldan o‘z Vataniga — O‘zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga ega bo‘lgan, hech qachon bevatan bo‘lgan emas. Vatanparvarlik, fidokorlik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan xislatlardan sanaladi.





Download 327,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish