Chiziqli (pog’onali) tuzilma. Chiziqli (pog’onali) tarkib boshqaruv tarkibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma vazifalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |