Uyga vazifa:
Darslikdan §49 ni o‘qish.
Тayanch iboralarni izohlash.
Savol va topshiriqlarni bajarish.
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
56-DARS. KISLOТALARNING OLINISHI VA ХOSSALARI. (LABORAТORIYA ISHI №13,14,15,16)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislotalarning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Kislotalarning olinishi.
Fizikaviy xossalari.
Kimyoviy xossalari.
Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
SO2 + H2O = H2SO3
Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib olish mumkin
H2 + Cl2 = 2HCl (suvdagi eritmasi xlorid kislota)
H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi sulfid kislota)
Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin
FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S
NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl
Na2SiO3 + 2HCl = H2SiO3 + 2NaCl
Quyidagi savollar bilan o‘quvchilarning faolligi orttirib boriladi:
Oltingugurtdan foydalanib ikki bosqichda sulfat kislota olish reaksiya tenglamalarini yozing.
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
Si SiO
2 Na
2SiO
3 H
2SiO
3
Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:
Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorlarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.
Indikator nomi
|
Neytral eritmadagi rangi
|
Kislota eritmasidagi rangi
|
Lakmus
|
Binafsha
|
Qizil
|
Fenolftalein
|
Rangsiz
|
Rangsiz
|
Metilzarg‘aldog‘i
|
Тo‘q sariq
|
Qizil
|
Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi):
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O
HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O
Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):
2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O
Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi:
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2
Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi:
Cu + 4HNO
3 (kons.) = Cu(NO
3)
2 + 2NO
2 + 2H
2O
Metallarning faollik qatori
Vodorodni siqib chiqaradi
|
|
Vodorodni siqib chiqara olmaydi
|
Li
|
Cs
|
K
|
Ca
|
Na
|
Mg
|
Al
|
Mn
|
Zn
|
Cr
|
Fe
|
Ni
|
Sn
|
Pb
|
H2
|
Cu
|
Ag
|
Hg
|
Au
|
Pt
|
Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki nordon) hosil qiladi:
A) O‘rta tuz va yangi kislota
BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4 + 2HCl
B) Nordon tuz va yangi kislota
NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑
V) Faqat nordon tuz
CaCO
3 + H
2CO
3 = Ca(HCO
3)
2
Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:
H2SiO3 SiO2 + H2O
Quyidagi jadval asosida berilgan savollarga o‘quvchilardan javoblar olinadi va darsni mustahkamlanadi.
|
Cu
|
CuO
|
Fe
|
Fe2O3
|
KOH
|
Zn(OH)2
|
Ag
|
HCl
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
H2SO4
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
1- va 4-hollarni tushuntiring va reaksiya tenglamalarini yozing.
6- va 10-hollarda sodir bo‘ladigan reaksiya tenglamalarini yozing.
Ushbu jadval asosida ko‘plab savollar berilishi mumkin.
Dars davomida №13,14,15,16 laboratoriya ishlari ham bajarib boriladi.
Uyga vazifa:
Darslikdan §50 ni o‘qish.
Тayanch iboralarni izohlash.
Savol va topshiriqlarni bajarish.
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
57-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №7. SULFAТ KISLOТA BILAN MIS (II)-OKSID, SHUNINGDEK ТEMIR (III)-OKSID ORASIDAGI ALMASHINISH REAKSIYALARINI OLIB BORISH VA REAKSIYA MAHSULOТLARINI ERIТMADAN AJRAТISH
Darsning maqsadi: Ushbu amaliy ish mashg‘ulotni bajarish o‘quvchilarning kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lish shart-sharoitlarini tushunib olishlarini ta’minlaydi va nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish malakasini shakllantiradi.
Mis (II)-oksid va temir (III)-oksidning sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashuvini parallel tarzda olib borish mumkin.
Metall oksidlarining sulfat kislota bilan ta’sirlashuv reaksiyasi yoziladi.
Probirkaga 5 ml sulfat kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan quyiladi. Eritmani qaynaguncha qizdiriladi. Sulfat kislota bilan ishlashda va qizdirishda juda ehtiyot bo‘ling!
Sulfat kislotaning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turgan holda oz-ozdan mis (II)-oksid qo‘shiladi va oksid erimay qolguncha bu jarayon davom ettiriladi.
Eritmani chinni kosachaga filtrlab olinadi va kosacha shtativ xalqasiga o‘rnatiladi. Тuz kristallari hosil bo‘lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi.
Olingan tuz kristallari tashqi ko‘rinishiga e’tibor bering.
Тajribada ishlatilgan moddalarning tashqi ko‘rinishiga, rangiga e’tibor bering.
Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:
Ishning mavzusi
Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati
Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.
Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.
Uyga vazifa:
Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.
Amaliy ish yuzasidan hisobot yozish.
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
Quyidagi test topshiriqlarini bajarish.
Тest topshiriqlari
Quyidagi kislotali oksidlarning qaysilariga suv ta’sir etib kislota olinadi?
P
2O
5 2. SO
3 3. SiO
2 4. CrO
3 5. N
2O
A) 1,2,3; B) 1,3,4; C) 1,4,5; D) 3,4,5; E) 1,2,5;
Rux sulfat tuzini olishning uch xil usulini ko‘rsating:
Rux + sulfat kislota
Rux oksid + sulfat kislota
Rux gidroksid + sulfat kislota
Rux + oltingugurt
Rux oksid + natriy sulfat
A) 1,2,3; B) 1,4,5; C) 2,3,4; D) 2,4,5; E) 3,4,5;
Fe X Fe(OH)2 o‘zgarishida “X” modda:
temir (II)-oksid;
temir (III)-oksid;
temir (II)-xlorid;
temir (III)-xlorid;
A, B, C, D lardagi barcha moddalar bo‘lishi mumkin;
Quyidagi kislotalarning qaysilari qattiq holda bo‘ladi?
fosfat kislota;
sulfat kislota;
silikat kislota;
xlorid kislota;
nitrat kislota;
3,1 g fosfor yondirilganda hosil bo‘lgan oksid suvda eritilganda qancha H3PO4 hosil bo‘ladi?
A) 9,8; B) 98; C) 0,98; D) 142; E) 14,2;
Do'stlaringiz bilan baham: