Uyga vazifa:
Darslik muqovasidagi jadvalda berilgan kimyoviy elementlar belgisi va nomlarini yod olish.
Darslikdan §4 ni o‘qish.
Тayanch iboralarni izohlash.
Savol va topshiriqlarni bajarish.
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
7-DARS. AТOMLARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atomlar ham materiyaning bir ko‘rinishi, ya’ni asosiy tuzilma birligi ekanligini, demak, uning o‘lchamlari bo‘lishi lozimligini tushuntirish. Atomlarning diametri, hajmi, massasi juda kichikligi va bunday kichik sonlar bilan turli hisoblash amallarini bajarishda qiyinchilik vujudga kelishini hisobga olib, atomlarning absolyut massalari o‘rniga ularning nisbiy massalari keltirib chiqarilganligi va hisoblashlarda ulardan foydalanish qulayligi haqida tushunchalar berish.
O‘quvchilarda atomning absolyut, nisbiy massasi, massaning atom birligi (m.a.b.) kabi tushunchalarni ilmiy asosda shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |