6. Mashina va mexanizmlarni tanlash.
Loyihalanayotgan turarjoy binosini qurilishida, g’isht devorlar terimi va yig’ma temirbeton elementlarini montaj qilish etakchi texnologik jarayon bo’lib hisoblanadi. Chunki ushbu ishlar sermehnatligi jihatidan QMI ning davomiyligini asosiy qismini belgilab beradi.
Montaj kranini tanlash o’sha ko’rsatib o’tilgan texnologik jarayon uchun kranning texnik parametrlarini topish asosida olib boriladi. Texnologik xarita ishlab chiqariladigan jarayonlar uchun, kranlarni tanlash bundan tashqari, ularning bir nechta variantlarini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha ham solishtirilib tanlanadi.
Kranlarning texnik parametrlariga quyidagilar kiradi: talab qilinadigan yuk ko’tarish qobiliyati- Qk , kran ilgagining balandlikka ko’tarish masofasi - Hk , kran ilgagini uzalish qobiliyati -Lk . O’zi yurar strelali gusenitsali va pnevmog’ildirakli kranlar uchun strelasining uzunligi- Ls ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |