I. O'Zbekistonda portal saytlarning ahamiyati 7



Download 5,36 Mb.
bet8/23
Sana31.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#261194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
BMI salayev jamshid

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI ORQALI ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;

Yagona portalda davlat xizmatlariga bo‘lgan eng ko‘p talabni baholash natijasida aniqlangan eng ko‘p talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Komp'yuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish «O‘zinfokom» markazi (keyingi o‘rinlarda «O‘zinfokom» markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi;

tadbirkorlik sub'ektlari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar.

4. «O‘zinfokom» markaziga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:

Yagona portalni texnik qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash;

Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish;

Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam ko‘rsatish;

Yagona portalning uzluksiz ishlashini ta'minlash;

Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta'minlasin:

ikki oy muddatda davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

davlat organlari bilan birgalikda mavjud bo‘lgan eng talabgor bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish;

davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini ta'minlash.

6. Davlat organlari:

bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan xodimlarini belgilasinlar, ularni «Elektron hukumat» (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikasiya qilish Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini ta'minlasinlar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish