I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Download 490,76 Kb.
bet7/42
Sana27.05.2023
Hajmi490,76 Kb.
#944977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

2. Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
Bolani o`rganish ikki asosiy shaklda – amalga oshiriladi: «ko`ndalangiga kesim» shaklida va «uzunasiga kesim» metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.Tadqiqot ko`ndalangiga kesim shaklida –o`tkazilgan daturli yoshdagi bolalar guruxlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat o`rganiladi va xar xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari o`zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.El’konin kichik, o`rta va katta maktablari yoshdagi bolalarning syujetli-rolli uyinlariga xos xususiyatlarni o`rganib, o`zaro solishtirib bolalar o`yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko`ndalangiga kesim shaklidagi tadkiqotda aso­siy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farklarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bulsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muxim o`zgarishlarni payqashi uchun ko`proq imkoniyatlarga ega bo`ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida –o`tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi xayoti o`rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o`tishda bola psixikasida va xulq-atvorida ro`y beruvchi o`zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan. Maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo`yicha ish boshlangan bo`lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o`rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo`ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqo tshuningdek, ayrim xollarda longityud tadqiqot xam deb atala­di. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko`p vaqt talab etadi.
3. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlari
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo`nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosini ignazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o`rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini naza­riy xal etish deganda, ushbu muammo bilan shug`ullangan asosiy psixo­logik maktablar va yo`nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o`rganishning yanada samaral imetodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar xaqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Yosh davri va deferensiya psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o‘ziga hos ilmiy-tadqiqotmetodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilgan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi. Tadqiqot metodlarining birinchi – tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (o‘zluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, o`quvliligi va ishchanligini o‘zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘zaro xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llanadi. PsixologlardanL.S.Vigostkiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilkbolalik, kichikmaktabyoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
b) Bolalar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (o‘zluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki birnecha sinaluvchilar o‘zaro uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir. Logityud psixologlardan nemis Sh.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Mo‘zxinava boshqalar ko‘p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar ko‘zatilgan. Shuning uchun qator tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) ko‘zatish unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagiillatlarni (xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog‘lanish qonuniyatlari, mexanizmi to‘g‘risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi. Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi. Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi gurux emperik metodlardan iborat bo‘lib, bu guruhda kuzatish (o‘zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, xujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va ob`ektivroq tadqiq qilishu un empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi. Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
T o‘plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo‘llash mumkin:
1. formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi.

M – yig‘indi, v – variatsion miqdor, n – sinaluvchilar yoki ob’ektlarning sanog‘ini bildiradi.


2. formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni hisoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. – kvadratlik og‘ish, S-dispersiya, “n” - miqdor.


3 . - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan “S” – dispersiya deb ham ataladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi sharxlash guruhi genetik, va dovalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo‘sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi – sinalvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat xususiyatlarning namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, payotlarga qo‘shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi. Genetik metodga asoslanib o‘zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganiladi.

Download 490,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish