I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Download 307,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.02.2020
Hajmi307,37 Kb.
#40019
Bog'liq
SPORTDA-AXBOROT-TA’MINOTI




 



I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 

 

Mamlakatimizda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirish  masalalari  boshqa  bir 



qator jabhalar qatori davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Jismoniy 

tarbiya  va  sportni  rivojlantirish  zamirida  nafaqat  iqtidorli  sportchilarni  tayyorlash  va 

yetkazib chiqarish, balki sog‘lom  genofondni ta’minlash  va barkamol avlodni tarbiyalash 

masalalari ham yotishi nazarda tutiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini 

yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  2909-sonli  qarori  Harakatlar 

strategiyasida belgilangan  vazifalarni  hayotga tatbiq etish  yo‘lidagi  muhim qadam  bo‘ldi. 

Mazkur  hujjatga  binoan,  oliy  ta’lim  tizimini  2017-2021  yillarga  mo‘ljallangan  kompleks 

rivojlantirish  dasturi  tasdiqlandi.  Unga  muvofiq,  o‘quv  jarayoniga  xalqaro  ta’lim 

standartlariga  asoslangan  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar,  o‘quv  dasturlari  va  o‘quv-

uslubiy  materiallarini  keng  joriy  qilish,  oliy  ma’lumotli  mutaxassislar  tayyorlashning 

maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim  muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va 

mutaxassisliklarini  istiqbolda  mintaqalar  va  iqtisodiyot  tarmoqlarini  kompleks 

rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga 

olgan  holda  optimallashtirish  hamda  ta’lim  jarayonini,  oliy  ta’limning  o‘quv  reja  va 

dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish bugungi 

kunning asosiy masalalaridan sanaladi. 

 

II.O‘quv fanining maqsadi va vazifalari 



Fanni  o‘qitishdan  maqsad  -  talabalarni  axborot  texnologiyalarita`minotining 

zaruriy  ma’lumotlari  majmuasi  (tushunchalar, ta’riflar  va  ularning amaliy  ifodasi, amaliy 

masalalarni  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  yordamida  yechish  usullari  va 

boshqalar)  bilan  tanishtirish  hamda  sport  yo‘nalishlarining  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari bilan uzviy bog‘liqliklarini o‘rgatishdan iboratdir. 

Fanning  vazifasi  –  hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarini  hisobga  olgan 

holda  har  bir  jamiyat  a’zosining  jismoniy  va  mehnat  faoliyati  va  kundalik  hayoti  uchun 

zarur  bo‘lgan  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalariga  oid  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  berish  shuningdek,  talabalarning  hayotiy  tasavvurlari  bilan  amaliy 

faoliyatlarini  umumlashtirib  borib,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  haqida 

tushuncha  va  munosabatlarni  ular  tomonidan  ongli  o‘zlashtirishlariga  hamda  hayotga 

tatbiq  eta  olishga  intilish,  talabalarda  izchil  mantiqiy  fikrlashni  shakllantirib  borish 

natijasida ularning aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning 

maqbul  yo‘llarini  topa  olishlariga  ko‘maklashish,  umuminsoniy  madaniyatning  tarkibiy 

qismi  sifatida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  to‘g‘risidagi  tasavvurlarni 

shakllantirishdan iborat. 

“Sportda  axborot  ta`minoti”  fanini  o‘zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 

masalalar doirasida talabi: 

-  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  va  ularning  hozirgi  jamiyatda  tutgan  o‘rni, 

axborotlashtirish  va  axborot  jamiyati,  jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot  jarayonlari, 

zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  tuzilishi,  ishlash  prinsiplari, 

arxitekturasi va kompyuterlarning texnikaviy va dasturiy ta’minoti, kompyuter tarmoqlari, 


internet,  Windowsning  multimedia  imkoniyatlari  va  masofali  ta’lim  va  uni  tashkil  etish 

to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak; 

-  sportga  tegishli  matnli  va  sonli  axborotlarni  yaratish  va  qayta  ishlash 

texnologiyasi, taqdimot yaratish texnologiyalari, multimediali pedagogik dasturiy vositalar 

yaratish  texnologiyalari,  axborot  xavfsizligi,  kompyuter  viruslari  ular  bilan  kurashish 

mexanizmlari, tarmoqda  fayllarni  uzatish, vidеokonfеrеnsiyalar, jismoniy tarbiya  va sport 

sohasida  ommaviy  onlayn  ochiq  kurslardan  foydalanish,  kompyuterlarning  texnik  va 

dasturiy ta’minoti, kompyuterlarning ishlash prinsiplari haqidabilimga ega bo‘lishi kerak

-  zamonaviy axborot texnologiyalariga suyangan holda yangi dasturiy ta’minotdan 

samarali  foydalana olish,  ma’lumotlar  bazasini  yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash, 

murabbiylik  faoliyatida  berilayotgan  yuklamalarni  statistik  tahlil  qilish,  jismoniy  tarbiya 

va  sport  sohasiga  oid  ma’lumotlar  bazasi  jadvallarining  tuzilmasini  yaratish,  grafik 

rеdaktorlar  imkoniyatlaridan  foydalanib  statistik  tasvirlarni  yaratish,  elektron  o‘quv 

qo‘llanmalar, audio, video, foto materiallarni yaratish, internet tarmog‘ida sport-pedagogik 

axborotlar izlash va almashish, web sayt yaratish, ommaviy ochiq onlayn kurslarda  o‘qish 



ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak

-  operatsion  tizimlar,  jumladan,  Windows  muhitida  ishlash,  amaliy  dasturlar 

paketidan  foydalana  bilish,  matnli  hujjatlarni,  elеktron  matn  ko‘rinishidagi  didaktik  va 

uslubiy  ma’lumotlarni  axborot  rеsursi  sifatida  qayta  ishlash,  yaratish,  tahrirlash,  chop 

qilish,  Windowsning  multimedia  imkoniyatlaridan  xabardor  bo‘lish,  web  sahifalar  va 

hujjatlar  yaratish,  masofali  ta’lim  va  uning  elementlari,  kompyuter  grafikasi  va 

ma’lumotlarni kompyuterga kiritishning avtomatik vositalaridan foydalanish malakalariga 

ega bo‘lishi kerak. 

 

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 

1-Modul. Jismoniy tarbiya va sportda axborot ta’minotining o‘rni va vazifalari 

1-mavzu. Axborot ta`minoti haqida tushuncha. Sportda axborot ta’minotining 

rivojlanish bosqichlari 

Axborotlashtirish  va  axborot  jamiyati.  Axboriy  jarayonlarning  evolyutsiyasi. 

Axborot  tеxnologiyalarining  tasnifi.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  tеxnologiyalarining  qo‘llanilishi.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot 

tеxnologiyalarining  o‘rni.  Axborotlash  texnik  va  dasturiy  ta`minotining  tamoyillari. 

Jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot  jarayonlari.  Sportdaavtomatlashtirilgan  ish 

joyi.Jismoniy  tarbiya  va  sportda  mutaxasislarning  avtomatlashtirilgan  ish  joyi  dasturiy 

ta`minoti.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatida  (mutaxassisligida)  axborot  madaniyati. 

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishining axborot rеsurslari.  

 

2-mavzu. Jismoniy tarbiya va sportda axborot ta`minotining amaliy aspektlari 

Jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot  ta`minotining  amaliy  aspektlari.  Sportda 

axborot  ta`minotining  office  texnologiyalridan  foydalanishi.Matnli  hujjatlarni,  elеktron 

matn  ko‘rinishidagi  didaktik  va  uslubiy  ma’lumotlarni  axborot  rеsursi  sifatida  qayta 

ishlash,  yaratish,  tahrirlash,  chop  qilish.  Hujjatlar  bilan  ishlashni  avtomatlashtirishning 

usul va vositalari.  

Jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatidan  olingan  natijalarni  qayta  ishlashda  elektron 

jadval  imkoniyatlaridan  foydalanish.  Murabbiylik  faoliyatida  berilayotgan  yuklamalarni 


statistik  tahlil  qilish.  Jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid  masalalarni  hal  qilishda  elеktron 

jadvalning  asosiy  xususiyatlari  va  imkoniyatlaridan  foydalanish.  Ma’lumotlarni 

vizuallashtirishda  diagrammalarni  qo‘llash.  Yuklamalarni  hisoblash,  tahlil  qilish  va 

mashg‘ulotni rеjalashtirish.  

Ma’lumotlar  bazasi  haqida  tushuncha  va  uning ta’rifi.  Jismoniy tarbiya  va  sportda 

ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  haqida  ma`lumot.Ma’lumotlar  bazasi  va 

ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlarini  fizik  tashkil  etish.Relyatsion  ma’lumotlar 

modeli.  Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  (MBBT).Jismoniy  tarbiya  va  sport 

sohasiga oid ma’lumotlar bazasi jadvallarining tuzilmasini yaratish. Ma’lumotlarni kiritish 

va tahrirlash. Jadvaldagi ma’lumotlarga ishlov berish. 

 

3-mavzu. Jismoniy tarbiya va sportda multimedia texnologiyalaridan samarali 

foydalanish 

 

Jismoniy  tarbiya  va  sportda  multimedia  texnologiyalarining  roli  va  o‘rni.  Ta’lim 

jarayonida  multimedia  vositalarining  psixologik  aspektlari.  Integrallashgan  axborot 

tizimini  yaratishda  multimedia  texnologiyalarining  zamonaviy  tendensiyalari.Multimеdia 

tеxnologiyalarining asosiy tushunchalari  va atamalari. Multimedia texnologiyalari haqida 

asosiy  ma’lumotlar:  multimedia  ilovalari,  multimedia  mahsulotlari,  multimedia  tizimi, 

multimedia  texnologiyalari.  Multimedia  tizimlari  va  ular  o‘rtasidagi  bog‘liqlik.  Turli 

ko‘rinishdagi axborot ob’еktlari multimеdia elеmеntlari sifatida. Multimеdia tizimlarining 

raqamli tеxnologiya orqali rivojlanishi.Multimedia texnologiyalarining apparat va dasturiy 

vositalari tavsifi. Multimеdia tizimlarining asosiy turlari va xaraktеristikalari. Multimеdiali 

matеriallarni tayyorlash  va yaratishda asosiy tеxnik xaraktеristikalar. Maxsus  multimеdia 

vositalari. Multimedia texnologiyalaridan  foydalanib jismoniy tarbiya  va sport  mavzusiga 

oid axborot resurslarini yaratish. Virtual borliq. 

 

4-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida elektron resurslardan 

foydalanish asoslari 

 

Jismoniy  tarbiya  va  sportga  tegishli  elektron  o‘quv-metodik  materiallar.  Elektron 

o‘quv  qo‘llanmalar,  audio,  video,  foto  materiallarni  yaratish  asoslari.  Elektron  o‘quv 

jarayoniga tegishli materiallar tavsifi: elektron o‘quv kompleksi, elektron darslik, elektron 

ma’lumotnoma  (spravochnik),  trinajorlar  kompleksi,  elektron  laboratoriya.  Elektron 

darslik  yaratilishning  tuzilmasi,  asosiy  komponentlari.  Bilimni  nazorat  qilish  uchun 

elеktron  tеst  yaratish  dasturlari.  Elektron  axborot  ta’lim  resurslarini  yaratishga 

mo‘ljallangan dasturlar bilan tanishish.  

 

 

2-Modul.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  mutahassislarni  tayyorlashda 



telekommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish asoslari 

 

5-ma`ruza. Telekommunikatsion axborot ta`minotini sport sohasiga qo`llash 



asoslari 

Sportda 


zamonaviy 

axborot 


texnologiyalari. 

Kompyuter 

tarmoqlari 

va 


kommunikatsion 

texnologiyalar. 

Global 

internet 



tarmog‘i.Sport 

sohasining 

telekommunikatsion  ta`minoti.  Simsiz  va  simli  aloqa.Kompyuter  tarmog`i  qaydnomalari. 

Axborotni  uzatish  va  qidirish  uchuntelekommunkatsiya  texnologiyalari.Kompyuter 

tarmoqlarining  klassifikatsiyasi.  Tarmoqni  tashkillashtirilishi.  Kompyuter  tarmoqlari 

maxalliy  tarqalishi.  Kabel  tizimlari.  Tarmoq  uchun  mo`ljallangan  qurilalar.  Tarmoq 

topologiyasi. 

 

6-mavzu. Internetda sport-pedagogik axborotlarni izlash va almashishda 



tarmoq texnologiyalaridan foydalanish 

Zamonaviy  internet.  Ulanish  turlari.  IP  manzillashtirilish.  Domen  tizimi.  Tarmoq 

axborot  resursi.  Global  internet  tarmog‘ida  jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatiga  tegishli 

ma’lumotlar,  resurslar  manbai.  Qidiruv  tizimlari.  Bulutli  texnologiyalar.Internet 

tarmog`ining axborot  xizmatlar turlari. Sport sohasidagi  mutaxassislik faoliyatida axborot 

manbai sifatida web hujjatlardan foydalanish. 



 

7-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida interaktiv davlat xizmatlaridan 

foydalanish asoslari 

Jismoniy  tarbiya  va  sportda  davlat  interaktiv  xizmatlarning  rivojanish 

aspektlari.Yagona  davlat  interaktiv  xizmat  portalining  tushunchasi.  Maqsad  va  vazifalari. 

Jismoniy  tarbiya  va  sportda  interaktiv  xizmatlarning  uskunaviy  vositalari.  Davlat 

organlarining  elektron  hukumat  tizimi  bilan  axborot  almashuvi.  Davlat  interaktiv 

xizmatlariningyagona  portal.  Kompleks  axborot  tizimlari.  Yagona  oyna  tizimi  xizmat 

turlari.Sport  boshqaruvida  Interaktiv  axborot  tizimlari.  Elektron  hukumat  modellari. 

To`lov tizimlari. 

 

3- Modul. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida yangi innovatsion texnologiyalar 

 

8-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida yangi innovatsion 



texnologiyalarning o`rni 

 

Zamonaviy  sport-pedagogik  dasturiy  ta`minot.  Sportchilar  trenirovka  jarayonining 

samaradorligini oshirish maqsadida yangi innovatsion texnologiyalar qo`llanilishi. Sportda 

ta`lim  olishga  yo‘naltirilgan  dasturiy  ta`minot.  Sportda  modernizatsiyalashgan  HD 

texnologiyalar 

qo`llanilishi. 

Sportda 

ma`lumotlarni 

uzatishda 

zamonaviy 

texnologiyalarning  qo`llanilishi.  Sport  faoliyatida  avtomatlashtirilgan  simsiz  tizimlarni 

qo`llanilishi. Virtual borliq tizimlari. 

 

9-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida masofaviy ta`limdan foydalanish 

aspektlari 

Masofaviy  ta`lim  tizimini  yaratishning  dasturiy  ta`minoti.  Masofaviy  ta`lim 

tizimining  texnologik  ta`minoti.  Uskunaviy  vositalar  muhiti.  Masofaviy  ta`lim  kurs 

elеmеntlarini (elektron, video ma`ruzalar, topshiriqlar, test savollari) yaratilishi. Tarmoqda 

fayllarni uzatish, vidеo, tele konferensiyalar. 


Masofaviy  ta'lim  kurslarining  mazmuni:  elеktron  kitoblar,  oraliq  va  yakuniy 

baholash tizimi, darsliklar. Intеraktiv muloqotningformalari. 

Masofaviy  ta`lim  tizimida  o`rgatuvchi  dasturlar  bilan  tanishuv.  OOOK,  eFront, 

Koursera va sh.k. kurslarda o`qish tizimi. 

 

10-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasiningaxborot ta`minoti xavfsizligi va 



uni ta’minlash yo‘llari 

Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  axborotlarga  nisbatan  mavjud  xavfsizliklarning 

asosiy  tushunchalari.  Axborotlarga  nisbatan  mavjud  xavfsizliklarning  tasnifi.  Jismoniy 

tarbiya  va  sportda  axborot  xavfsizligining  tasnifi.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot 

xavfsizligining 

tashkiliy-ma’muriy 

ta’minoti. 

Kompyuter 

viruslari, 

ularning 

klassifikatsiyasi. Kompyuter viruslari ular bilan kurashish mexanizmlari. 

 

 

IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 

 

Amaliy mashg‘ulotlardan maqsad ma’ruza materiallari bo‘yicha talabalarning bilim 



va  ko‘nikmalarini  chuqurlashtirish  va  kengaytirishdan  iborat.  Bunda  talabalar  amaliy 

mashg‘ulotlarda misol va  masalalarni yechishda, yechimlarni tahlil qilishda olgan nazariy 

bilimlarini qo‘llay olishlari nazarda tutiladi. 

 

Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etilayotgan mavzulari ro‘yxati: 

1. Jismoniy tarbiya va sportda axborot ta’minotining rivojlanish bosqichlari. 

2. Sportda axborot ta`minotining Office texnologiyalaridan foydalanish. 

3. Jismoniy  tarbiya  va  sport  ta’limida  matnli  axborotlarni  yaratish  vaqayta  ishlash 

texnologiyasi. 

4. Jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatidan  olingan  natijalarni  tahlil  qilish  va  qayta 

ishlash. 

5. Jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid  masalalarni  hal  qilishda  elеktron  jadvalning 

asosiy xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish. 

6. Ma`lumotlarni  tahlil  qilishda  elеktron  jadvalning  asosiy  funksiyalaridan 

foydalanish. 

7. Ma`lumotlarni tahlil qilishda maxsus statistik dasturlar imkoniyatlarini o`rganish. 

8. Jismoniy  tarbiya  va  sport  ta’limida  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  va 

ular bilan ishlash texnologiyalari. 

9. Sport  sohasini  axborot  bilan  ta’minlashdama’lumotlar  bazasini  boshqarish 

tizimlari. 

10. Jismoniy tarbiya va sportda multimedia texnologiyalari. 

11. Jismoniy tarbiya va sportda yuqori sifatli taqdimot yaratish texnologiyalari. 

12. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida elektron resurslarni yaratish asoslari. 

13. Sport  sohasiga  tegishli  elektron  resurs  yaratishda  maxsus  dasturlardan 

foydalanish yo`llari. 

14. Internetda  sport-pedagogik  axborotlarni  izlash  va  almashishda  tarmoq 

texnologiyalaridan foydalanish. 



15. Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  interaktiv  davlat  xizmatlaridan  foydalanish 

asoslari. 

16. Jismoniy tarbiya va sport sohasida masofaviy ta`limdan foydalanish aspektlari. 

17. Masofaviy ta`lim tizimida o`rgatuvchi dasturlar bilan ishlash. 

18. Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasiningaxborot  ta`minoti  xavfsizligi  va  uni 

ta’minlash. 

 

Fan  bo‘yicha  ishchi  o‘quv  dasturini  shakllantirish  jarayonida  mazkur  mashg‘ulot 



turiga  ishchi  o‘quv  rejada  ajratilgan  soat  hajmiga  mos  mavzular  tanlab  o‘qitish  tavsiya 

etiladi. 

Amaliy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish  bo‘yicha  kafedra  professor-o‘qituvchilari 

tomonidan  ko‘rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Ularda  talabalar  asosiy  ma’ruza 

mavzulari bo‘yicha olgan  nazariy  bilimlari amaliy  masalalar  yechish,  grafik  va chizmalar 

chizish hamda qiyoslab o‘rganish asosida yanada boyitiladi. Shuningdek, darslik va o‘quv 

qo‘llanmalardan  samarali  foydalangan  holda  ilmiy  tadqiqotlar  o‘tkazish  orqali  talabalar 

bilimlarini  mustahkamlash,  malaka  va  ko‘nikmalarini  mustahkamlash,  mavzular  bo‘yicha 

taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi va o‘rgatiladi. 

V.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

 

Talabalar darsdan tashqari paytlarda o‘tilgan mazularni mustaqil o‘zlashtirishlari va 



egallagan  bilimlarini  mustahkamlashi,  amaliy  mashg‘ulotlarga  tayyorlanib  kelishlari 

uchun tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishlari zarur bo‘ladi. 

Mustaqil  ta’lim  bajariladigan  mavzular  boyicha  savolnomalar  va  testlarni  tuzish, 

savollarga  tavsiya  etilgan  adabiyotlardan  foydalangan  holda  yozma  tarzda  javob  berish, 

meyoriy hujjatlardan foydalanish, har bir mavzu boyicha muammoli masalalarni hal qilish 

yo‘llarini bayon qilish, tavsiyalar berish va boshqalar ko‘zda tutilgan. 

“Sportda axborot ta`minoti” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy 

bilimlarini  mustahkamlash  va  amaliy  masalalarni  yechishda  ko‘nikma  hosil  qilish  uchun 

mustaqil  ta’lim  tizimiga  asoslanib,  kafedra  o‘qituvchilari  rahbarligida  mustaqil  ish 

bajaradilar.  Bunda  ular  qo‘shimcha  adabiyotlarni  o‘rganib  hamda  internet  saytlaridan 

foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy  mashg‘ulot mavzusiga doir 

uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. 

Bunda  ma’ruzalarda  olingan  bilimlarini  amaliy  mashg‘ulotlarni  bajarishlari  bilan 

mustahkamlashi  hamda  sportga  oid  masalalarni  matematik  usullar  yordamida  yechishlari 

va  tushuntirishlari  kerak.  Mustaqil  ta’lim  mavzularini  o‘zlashtirish  ta’lim  jarayonida 

uzluksiz nazorat qilib boriladi. 

Talabalar  mustaqil  ta’limini  baholash  joriy  va  oraliq  nazorat  paytidainobatga 

olinadi.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  etishning  mazmuni:  talabalar  mustaqil  ta’limmavzulari 

kelgusida  bajariladigan  kurs  ishlari  va  bitiruv  malakaviy  ishlari  mavzulari  bilan  uzviy 

bog‘liqlikda bajariladi. 

Talaba mustaqil ta’limni tashkil etishda quyidagilardan foydalanishi tavsiya etiladi: 

-  darslik  va  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalardan  foydalanib  o‘quv  rejasi  mavzularini 

o‘rganish; 

-  maxsus  va  davriy-ilmiy  uslubiy  adabiyot  manbalaridan  foydalanib  bilimlarini 

mustahkamlash; 


- yangi texnika, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish. 

 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari: 

1.  “Sportda axborot ta`minoti” fanining predmeti va vazifalari. 

2.  Jismoniy tarbiya va sportda axborot ta’minotining rivojlanish bosqichlari. 

3.  Jismoniy 

tarbiya 

va 


sportda 

zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

tеxnologiyalarining qo‘llanilishi. 

4.  Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida (mutaxassisligida) axborot madaniyati. 

5.  Axborot tushunchasi. Axborot xossalari va turlari. 

6.  Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. 

7.  Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti. 

8.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  sport  mavzusiga  oid  o‘quv  materiallarini  yaratish, 

qayta ishlash. 

9.  Jismoniy tarbiya va sportda matnli va sonli axborotlar bilan ishlash. 

10. Jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatidan  olingan  natijalarni  tahlil  qilish  va  qayta 

ishlash. 

11. Jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid  masalalarni  hal  qilishda  elеktron  jadvalning 

asosiy xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish. 

12. Murabbiylik faoliyatida berilayotgan yuklamalarni statistik tahlil qilish. 

13. Jismoniy  tarbiya  va  sportda  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  va  ular 

bilan ishlash texnologiyalari. 

14. Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish 

tizimlarining tarkibi. 

15. Jismoniy tarbiya va sport mavzusiga oid taqdimotlaryaratish. 

16. Multimedia vositalari haqida tushuncha va uning ta’rifi. 

17. Elektron o‘quv nashrlar. 

18. Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot. 

19. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida grafik axborotlar bilan ishlash. 

20. Kompyuter  grafikasi  yordamida  sport  mavzusiga  bag‘ishlangan  tasvirlardan 

elektron katalog yaratish. 

21. Internet tushunchasi.Global tarmoq tushunchasi. 

22. Jismoniy tarbiya va sportda multimedia texnologiyalari. 

23. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarining psixologik aspektlari. 

24. Multimеdiali 

matеriallarni  tayyorlash  va  yaratishda  asosiy  tеxnik 

xaraktеristikalar. 

25. Multimedia  texnologiyalaridan  foydalanib  jismoniy  tarbiya  va  sport  mavzusiga 

oid axborot resurslarini yaratish. 

26. Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari. 

27. Jismoniy  tarbiya  va  sportda  axborot  xavfsizligining  tashkiliy-ma’muriy 

ta’minoti. 

28. Masofaviy o‘qitish texnologiyalari. 

29. Ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish. 

30. Jismoniy tarbiya va sportga oid elektron resurslarni yaratish asoslari. 

31. Elektron darslik yaratilishning tuzilmasi, asosiy komponentlari. 



10 

32. Camtaziya studio dasturi  imkoniyatlaridan  foydalanib jismoniy tarbiya  va sport 

faoliyatiga taalluqlielektron qo‘llanma yaratish. 

33. Hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirishning usul va vositalari.  

34. Masofaviy ta’lim tizimini yaratishning dasturiy ta’minoti. 

35. Masofaviy  ta’lim  kursi  elеmеntlarini  (elektron,  video  ma’ruzalar, 

topshiriqlar, test savollari) yaratish. 

 

VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari 

Asosiy adabiyotlar 

1. M.M.Aripov,  T.Imomov,  R.M.Irmuxamedova,  M.V.Sagatov,  A.T.Xaydarov, 

O.X.Yakubov.  Informatika,  informatsion  texnologiyalar.  1-qism.  –  Toshkent:  TDTU, 

2002.- 320 bet. 

2. Misty  E.  Vermaat,  Susan  L.  Sebok,  Steven  M.  Freund,  Jennifer  T.  Campbell, 

Mark  Frydenberg.  Discovering  Computers:Tools,Apps,Devicesand  the  Impact  of 

Technology. – USA: Cengage Learning, 2016. 

3. Toppi 

X. 

Computing 



Handbook: 

Information 

Systems 

and 


Informationtechnology. – USA: Mаssаchust University, 2014. 

4. Dabnichki P, Baca A.Computers in sports. – UK: University ofLondon,2008. 

 

Qo‘shimcha adabiyotlar 

5. “O‘zbekiston 

Respublikasini 

yanada 


rivojlantirish 

bo‘yicha 

Harakatlar 

strategiyasi 

to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  

7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. 

6. “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori. 

7. “Jismoniy  tarbiya  va  ommaviy  sportni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli 

qarori. 


8.  M.Aripov,  A.Axmedov,  X.Z.Ikramova,  R.M.Irmuxamedova,  M.V.Sagatov, 

A.T.Xaydarov,  O.X.Yakubov,  M.Yakubova.  Informatika,  informatsion  texnologiyalar.  2-

qism. - Toshkent: TDTU, 2002. - 430 bet.  

9.  M.Aripov,  T.Imomov  va  boshqalar.  Informatika.  Axborot  texnologiyalari. 

O‘quv qo‘llanma, 1-2-qism. - Toshkent: 2005, TDTU, 334 b. va 394 b. 

10. M.Aripov. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. – T.: O‘zMU. 2007. 

11. Арипов  М.М.,  Кабилжанова  Ф.А.,  Юлдашев  З.Х.  Информационные 

технологии (учебное пособие для студентов ВУЗов). - Ташкент: НУУз, 2004. 

12. Жбанков 

О.В. 


Методология 

формирования 

информационного 

пространства просесса физического воспитания //Теор. и практ. физ. культ., 2008, № 

6, с. 25-26, 39-40. 

13. Катранов  А.Г.,  Самсонова  А.В.  Компьютерная  обработка  данных 

экспериментальных исследований. Учебное пособие. – СПб.: 2005. – 132 с.  

14. Керимов 

Ф.А., 

Умаров 


М.Н. 

Спортда 


прагнозлаштириш 

ва 


моделлаштириш. Ўқув қўлланма. - Т.: 2005. - 280 б. 

11 

15. Федоров  А.И.  Современные  информационные  технологии  в  системе 

высшего физкультурного образования // Теория и практика физической культуры. - 

М.: 2010. № 12. С. 56-59. 



 

Internet saytlari 

 

16. https://en.wikipedia.org/wiki/Linear_algebra 

17. https://www.math.ucdavis.edu/~linear/linear-guest.pdf 

18. www.mcce.ru 

19. www.lib.mexmat.ru 

20. www.a-geometry.narod.ru 

21. www.allmath.ru 

22. www.ziyonet.uz 



 

 

 



 

12 

 

Download 307,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish