mln so‘m
Budjetlar nomi
Aylanma kassa mablag‘lari
1.O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti
1 000 000,0
2.Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti
28200,0
3.Andijon viloyatining mahalliy budjeti
21 714,0
4.Buxoro viloyatining mahalliy budjeti
24 828,0
5.Jizzax viloyatining mahalliy budjeti
13 157,0
6.Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti
22 709,0
7.Navoiy viloyatining mahalliy budjeti
12 100,0
8.Namangan viloyatining mahalliy budjeti
19 524,0
9.Samarqand viloyatining mahalliy budjeti
36 279,0
10.Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti
17 260,0
11.Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti
12 078,0
12.Toshkent viloyatining mahalliy budjeti
32 417,0
13.Farg‘ona viloyatining mahalliy budjeti
26 900,0
14.Xorazm viloyatining mahalliy budjeti
17 747,0
15.Toshkent shahrining mahalliy budjeti
34 324,0
Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyat mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari kamayishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga jamlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlarini oshirishga yo‘naltiriladi.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining aylanma kassa mablag‘lari miqdori xorijiy valyutadagi mablag‘larni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Jamg‘arma” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yilda qurilgan ko‘p kvartirali uylarni realizatsiya qilishda Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga milliy valyutada 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan dastlabki 5 yil davomida yillik 3 foiz stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan tijorat bankining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasini chegirgan holda hosil bo‘ladigan stavkada mablag‘lar taqdim qilinadi.”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjetnie organizatsii, poluchayuщiye dopolnitelnie doxodi iz istochnikov, ukazannix v statyax 60 — 63 Budjetnogo kodeksa Respubliki Uzbekistan, ot vsex vidov vzimayemix nalogov”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “1,6 trillion” va “1 trillion” so‘zlari tegishincha “1,245 trillion” va “645 milliard” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |