4.MASALA. Korxona gazlangan suv va limonad ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmi - yiliga 60 000 litr. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan umumiy suv hajmi suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha bir yilda 100 kub.mni tashkil etadi, bunda ishlab chiqarishga yer osti manbalari, boshqa maqsadlar uchun esa yer usti manbalaridan foydalaniladi. Korxona to’lashi lozim bo’lgan suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
5.MASALA. Sanoat korxonasi Termiz shahrida DSIda ro’yxatiga olingan. Korxona hisobot davrida Termiz tumani hududidagi suv resurslaridan (er usti manbalaridan) 35000 metr kub, o’zi joylashgan tuman yer osti suv manbalaridan 16000 metr kub foydalangan. Korxonaning hisobot davrida to’lashi lozim bo’lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang va korxona soliq hisob-kitobini qaysi tuman DSIga taqdim etadi va soliqni to’laydi.
Mavzu: Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq
Mavzu bo‘yicha savollar.
Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligi nimada?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi yer osti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari kimlar?
Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortish ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida tabaqalashtiriladi?
Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarning nechta turiga nisbatan soliq stavkalari belgilangan?
Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilganmi?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash muddatlarini yozing.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini topshirish muddatlarini yozing.
1.MASALA. Korxona foydali qazilmalarni (aktsizosti tovar hisoblanmaydi) kavlab olish faoliyatini amalga oshiradi.
Hisobot davrida kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi 200 tonnani tashkil qilib, shundan 60 t mahsulot realizatsiya qilingan, soliq stavkasi 4% , xususan:
- 20 t mahsulot - 1 250 ming so’mga (QQSsiz),
- 40 t mahsulot - 3 460 ming so’mga (QQSsiz).
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang.
2.MASALA. Hisobot davrida kavlab olingan tayyor mahsulotning hajmi 5 tonnani tashkil qildi. Realizatsiya amalga oshirilmadi.
Kavlab olingan xom ashyoning 1 tonnasining tannarxi 1 600 ming so’m.
Oldingi hisobot davrida kavlab olingan mahsulot hajmi 16 t ni tashkil qilgan, undan 11 t 21 000 ming so’mga (QQSsiz), 3 t 6 000 ming so’mga (QQSsiz) realizatsiya qilingan. Soliq stavkasi 5%. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang.
3.MASALA. Hisobot davrida kavlab olingan tayyor mahsulotning hajmi 10 tonnani tashkil qildi. Kavlab olingan mahsulotning tannarxi 12 000 ming so’mni tashkil qilgan (har 1 t uchun 1 200 ming so’m).
Hisobot davrida realizatsiya qilindi:
2 t 2 000 ming so’mga (QQSsiz),
8 t 11 200 ming so’mga (QQSsiz).
Tayyor mahsulot uchun soliq stavkasi 3%ni tashkil etadi. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang.
4.MASALA. Neft qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1600 tonna neft qazib olgan. Korxona qayta ishlash uchun 1600 ming so’mga (QQS va aktsiz solig’isiz) realizatsiya qilgan. Korxonaning hisobot davrida to’lashi lozim bo’lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang?
5.MASALA. Ko’mir qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1900 tonna ko’mir qazib olgan va uning 45 foizini 8400 ming so’mga realizatsiya qilgan. Korxonaning to’lashi lozim bo’lgan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang?
Do'stlaringiz bilan baham: |