I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


T/r Tovarlar (xizmatlar) nomi



Download 338,32 Kb.
bet35/85
Sana19.08.2021
Hajmi338,32 Kb.
#151324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

T/r

Tovarlar (xizmatlar) nomi

Soliq stavkasi

2020 yil 1 yanvardan

2020 yil 1 apreldan

2020 yil 1 oktyabrdan




1.

Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi (1 dal uchun)

10 800 so‘m

11 700 so‘m

12 500 so‘m




2.

Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):
















tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)

7 700 so‘m

8 300 so‘m







boshqa vinolar

14 500 so‘m

15 700 so‘m

16 800 so‘m




3.

Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)

102 000 so‘m

109 100 so‘m

116 400 so‘m







hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan konyakka

168 100 so‘m

179 700 so‘m

192 300 so‘m




4.

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)

98 000 so‘m

107 800 so‘m

116 400 so‘m







hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga

162 700 so‘m

179 000 so‘m

192 300 so‘m




5.

Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)

10 600 so‘m

11 700 so‘m




6.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar

141 500 so‘m/1000 dona
+ 9,0 foiz(*

152 800 so‘m/1000 dona
+ 9,0 foiz(*

163 500 so‘m/1000 dona
+ 9,0 foiz(*




7.

Zargarlik buyumlari

25%

8.

Mobil aloqa xizmatlari

20%

9.

Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari

11%

10.

Neft mahsulotlari:







Ai-80 benzini

200 000 so‘m/ tonna




Ai-91, Ai-92, Ai-93, Ai-95 benzini

250 000 so‘m/ tonna




dizel yoqilg‘isi

200 000 so‘m/ tonna




EKO dizel yoqilg‘isi

180 000 so‘m/ tonna




aviakerosin

180 000 so‘m/ tonna




dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi

250 000 so‘m/ tonna

11.

Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport

20%

12.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz («Hududgazta’minot» AJ orqali aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan, eksport

30%

13.

Polietilen granulalar

30%

14.

Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi:(**







benzin

1 litr uchun 285 so‘m/ 1 tonna uchun 378 480 so‘m

1 litr uchun 350 so‘m/ 1 tonna uchun 465 530 so‘m







dizel yoqilg‘isi

1 litr uchun 285 so‘m/ 1 tonna uchun 346 275 so‘m

1 litr uchun 350 so‘m/ 1 tonna uchun 425 918 so‘m







suyultirilgan gaz

1 litr uchun 285 so‘m/ 1 tonna uchun 540 645 so‘m

1 litr uchun 350 so‘m/ 1 tonna uchun 664 993 so‘m







siqilgan gaz

1 kub.metr uchun 435 so‘m

1 kub.metr uchun 500 so‘m




3. Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Bir oy soliq davridir.

Soliq hisoboti, agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.


Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


1.O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga:

a) Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha (vino, shampan vinosi, pivo, vino mahsulotlari hamda tamaki mahsulotlari) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:

As = Tnkh x Ss, (1)

bu yerda:

As – aksiz solig‘i summasi;

Tnkh – tegishli o‘lchov birligida sotilgan mahsulotning natura ko‘rsatkichlaridagi hajmi;

Ss – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligi so‘mlarda.

b) Boshqa aksiz to‘lanadiga mahsulotlar boyicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:

As = Tsq x Ss, (2)

bu yerda:

As – aksiz solig‘i summasi;

Tsq – o‘z ichiga aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini olmagan tovarlarning sotish qiymati;

Ss – aksiz solig‘i stavkasi.

2. O‘zbekistonga import qilinadigan tovarlarga:

Import qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar hisob-kitobi uchun aksiz solig‘i qat’iy stavkalarda bo‘lsa (1) formula, aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda bo‘lsa quyidagicha hisoblanadi:

As = Tbq x Ss, (3)

bu yerda:

Tbq – bojxona qonunchiligiga muvofiq tovarning aniqlangan bojxona qiymati; Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.

Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.

4. Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.

O‘zbekistonda 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda ularni aksiz markalarisiz sotishni taqiqlanishi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 285-son Qarori va Adliya vazirligi tomonidan tomonidan 1999 yil 7 yanvarda 589-son bilan ro‘yxatga olingan, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida"gi Yo‘riqnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.(4-chizma)

4-chizma


Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika budjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq inspeksiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining aksiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.

Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani “Davlat belgisi” Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.

Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.

Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.

Agrobankning mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:

tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘langanidan keyin;

tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘langanidan keyin beradilar.

Ma’lumki aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig’ini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirishni ko‘rib chiqamiz.

Masala: Ishlab chiqarish korxonasida kumushdan ishlangan oshxona anjomi ishlab chiqarilgan. Kumushdan ishlangan oshxona anjomining sotilish narxi 1000000 so‘m. Aksiz solig‘i stavkasi 11%. Soliq summasini aniqlaymiz (1000000 x 11%:100)= 110000 so‘m kumushdan ishlangan oshxona anjominingning sotilish narxi 1110000 so‘m (1000000 + 110000).

Kumushdan ishlangan oshxona anjominingning sotilish qiymatiga:

D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 1110000 so‘m;

K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti - 1110000 so‘m.

Aksiz solig‘i qiymatiga:

D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti - 110000 so‘m.

K-t 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 110000 so‘m.

Aksiz solig‘i budjetga o‘tkazilganda:

D-t 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 110000 so‘m.

D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 110000 so‘m

Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika budjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.

Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.

“Davlat belgisi” DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi.

Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:

respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan;

O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aksizsiz olib kelish me’yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‘natiladigan) aksizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.

Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi.

Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi.

Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:

IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan;

O’Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;

98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil;

01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari;

4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;

5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;

98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;

99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi.


Mavzu. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq

Reja:

1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini undirishning huquqiy asoslari. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari tarkibi.



2. Mol-mulk bo‘yicha soliqqa tortiladigan ob’yekt. Soliqqa tortiladigan mol-mulk bo’yicha o’rtacha qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati.

3. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlar.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini hisoblash va to’lash muddatlari.

4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i va uning ahamiyati.Jismoniy shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirish tartibi.

5.Jismoniy shaxslar olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi va to‘lash muddatlari


Tayanch so‘z va iboralar:mulk,o‘rtacha yillik qoldi qiymat, asosiy vositalar, kadastr qiymat, kalendar yil,o‘rnatilmagan asbob uskunalar, ko‘chmas mulk, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, joriy to‘lovlar.

1.O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini soliqqa tortish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‘ldi. Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1992 yil 1 yanvardan joriy etildi.

O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy budjetlarga tushadi va u budjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining soliqli daromadlarida 3,4 – 4,0 foiz oralig‘ini tashkil etmoqda (8.2-jadvalga qarang).

Jadval ma’lumotlari ko‘ra jami mulkiy soliqlar ulushi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 0,8 punktga kamayganini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. Bunga bir xil ahamiyatli va samarasiz bo‘lgan imtiyozlarni bekor qilinayotganligini misol keltirish mumkin.

9-jadval


Mol-mulk solig’ining O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti soliqli daromadlari tarkibidagi salmog‘i

Ko`rsatkichlar

2016 yil

2017 yil

2018 yil


mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz

mlrd.so’m

foiz




To`g`ri soliqlar

9852.8

24

11538.9

23.2

15656,2

20.6




Mol-mulk solig`i

1659.2

4.0

2129.7

4.2

2606,1

3.4




Jami soliqli daromadlar

41 043,4

100,0

49 684,8

100,0

79099,1

100,0



Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq solish ob’yekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;

2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.

Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

2. Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;

2) qurilishi tugallanmagan ob’yektlar. Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga qurilish ob’yektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu ob’yektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’yektlar kiradi;

3) temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’yektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;

4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk ob’yektlari, ko‘chmas mulk ob’yekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach.

Quyidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:

1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ob’yektlar;

2) turar joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi ob’yektlari. Turar joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari ob’yektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ob’yektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar va issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xo‘jaligi ob’yektlariga texnik jihatdan xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan binolar kiradi;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;

5) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’yektlar;

6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’yektlar. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’yektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong‘in xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;

7) yer uchastkalari.

Quyidagilar soliq bazasidir:

1) ob’yektlar bo‘yicha — o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.

Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Bunda to‘liq amortizatsiya qilingan bino bo‘yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir;

2) ob’yektlar bo‘yicha — tugallanmagan qurilishning o‘rtacha yillik qiymati;

3) ob’yektlar bo‘yicha — mazkur ob’yektlarning o‘rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo‘yicha).

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’yektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymatidir.

Soliq solish ob’yektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’yektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha soliq bazasi mazkur ob’yektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.

Soliq bazasi har bir soliq solish ob’yekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo‘lmasa, soliq bazasi soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi

Soliq solish ob’yektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’yektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

31 yanvar + 28(29)fevral + ... + 30 noyabr + 31 dekabr

Mol-mulkning o‘rtacha yillik = --------------------------------------------------------------------------

qoldiq qiymati 12

3. Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:

1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot ob’yektlarining;

2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning.

Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:

1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;

2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga.

Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 2 foiz miqdorida belgilanadi.

Agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’yektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.

Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’yektlariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin hamda ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi.

Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilanadi:

1) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’yektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;

2) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’yektlari.

Soliq to‘lovchilar soliqni soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.

Yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagicha hisoblanadi:
YuShMs = Kmo‘yq x Ss,

bu yerda:

YuShMs – yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;

Kmo‘yq – Ko`chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati;

Ss – soliq stavkasi.

Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevraliga qadar bo‘lgan muddatda taqdim etiladi.

Agar ko‘chmas mulk, ko‘rsatilgan ob’yektlardan tashqari, soliq to‘lovchining soliq bo‘yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo‘lsa, soliq hisoboti ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.

Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar (bundan O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi.

Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.

Hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi:

aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay;

aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.

Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.

Soliq davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga o‘tkaziladi.

Soliq davrida soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan soliq har yili bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to‘lanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan 1994 yil 1 yanvardan joriy etildi.

Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq muntazam (doimiy) undiriladigan soliq hisoblanadi, ya’ni u bir-yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Jismoniy shaxslaming mol- mulkiga solinadigan soliq mahalliy soliq bo‘lib, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra to‘g‘ri soliqlar guruhiga, to‘lovchisiga ko‘ra jismoniy shaxslar to‘laydigan soliq hisoblanadi. Jismoniy shaxslaming mol-mulkiga solinadigan soliq fiskal ahamiyatga ega bo‘lib davlat budjetining daromadlar qismini shakllantiradi.

Mulkida soliq solish ob’yekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish ob’yekti hisoblanadi.

1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;

2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’yektlari;

3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’yektlar.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’yektlarga ushbu ob’yektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu ob’yektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’yektlar kiradi;

4) boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’yektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.

Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’yektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’yekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’yekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:

1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.

Mazkur imtiyoz tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;

3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).

Ushbu imtiyoz «Halok bo‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralarning tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.

Sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoki frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;

4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;

2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob’yekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’yektiga tatbiq etiladi, bundan ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.

10-jadval

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi


T/r


Download 338,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish