ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish - ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
kredit tashkilotlari - tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari;
kurs bo‘yicha farq - milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq;
mol-mulk - egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish ob’ektlari bo‘la oladigan moddiy ob’ektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy ob’ektlar;
oila a’zolari - er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
operativ ijara - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |