I O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Elektrokimyoviy analiz usullari zamonaviy analitik kimyo usullaridan biri bo’lib,
o’zining tezkorligi, selektivligi, aniqligi va avtomatlashganligi bilan ajralib turadi.
Elektrokimyoviy analiz usullari ishlab chiqarish, oziq-ovqat moddalari analizida va
analizning barcha sohalarida juda keng qo’llaniladi. Bu usullar elektrokimyoviy reaksiya
va analiz qilinayotgan moddaning elektrokimyoviy xossalarini o’lchashga asoslangandir.