I.О‘QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI О‘RNI
Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan samarali foydalanish, shuningdek
mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini o’rganish kabi masalalarni qamrab
oladi. “Moliya” fani mamlakat moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish va
ularning amal qilishiga ongli munosabatda bо‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda
talabalarni zarur bо‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. “Moliya” fani “Moliya” ta’lim
yo’nalishining ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib,ushbu fan “Moliya” ta’lim
yo’nalishining 1,2,3,4 kurslarida o’qitilishi rejalashtirilgan.
Moliya fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha iqtisodiy
bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida ham о‘qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil
qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar,obyektlarni
baholash,iqtisodiyotdagi pul munosabatlarini hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish,
yaratish va о‘rganishni tasvirlab beradi.
II. О‘QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
Fanni о‘qitishdan maqsad - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi- mutaxassislar bо‘lib
yetishadigan talabalar uchun moliya munosabatlarini tashkil etishning nazariy, huquqiy,
tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy
siyosatining asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha kо‘nikma va malakalar shakllantirishdir. Ushbu
maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalar, moliyaviy
hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
vazifalarini bajaradi. Fan buyicha talabalarning bilim, kо‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qо‘yiladi. Talaba: mikro va makro darajada moliya tizimining amal qilishi, moliya
tizimi rivojlanishining qonuniyatlari, moliya tizimi holati, davlat moliyasi, korxonalar
moliyasi va byudjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish tamoyillari tо‘g‘risida tasavvurga
ega bо‘lishi; moliyaviy resurslarni boshqarishning asosiy usullarini, moliyaviy faoliyatning
о‘ziga xos xususiyatlarini, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy siyosat strategiyasi va
taktikasini, moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilish tamoyillarini, moliya bozorini tadqiq
etish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; talaba korxona va tashkilotlar faoliyatida
riskni aniqlash va baholash usullarini qо‘llash, mahalliy moliya, byudjetdan tashqari fondlar
hozirgi zamon holati va rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish, moliya tizimi rivojlanishi
tendensiyalarini aniqlash maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni о‘tkazish, moliya organlarida
nazoratiqtisodiy ishlarini tashkil etish bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |