13-mavzu. Kartografik proyeksiyalarga xos xatoliklar
Geometrik o„zgartirishlar. Xaritalardagi xatoliklar. Xatoliklar bo„yicha
proyeksiyalar tasnifi: teng maydonli, teng burchakli va ixtiyoriy proyeksiyalar.
14-mavzu. Azimutal, silindrik va konusli proyeksiyalar
Yordamchi
geometrik
yuzadan
foydalanish
bo„yicha
kartografik
proyeksiyalar turlari. Azimutal proyeksiyalar, ularning qo„llanilishi. Silindrik
proyeksiyalar va ularning ahamiyati. Konusli proyeksiyalar.
15-mavzu. Kartografik proyeksiyalarni tanlash. Dunyo xaritalari uchun
ishlatiladigan proyeksiyalar
Proyeksiya tanlashga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar. Dunyo xaritalari uchun
ishlatiladigan proyeksiyalar. Merkatorning universal ko„ndalang proyeksiyasi
(UTM). Robinson proyeksiyasi. SNIIGAiK proyeksiyasi. O„zbekiston xaritalarini
tuzishda ishlatiladigan proyeksiyalar. Xaritalar proyeksiyalarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |