I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Download 31,34 Kb.
bet8/10
Sana30.12.2021
Hajmi31,34 Kb.
#88092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fizikaviy va kolloid kimyo fan dastur 2kurs biotexnologiya

V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1. Fizik va kolloid kimyo fanini zamonaviy tahlil usullarini o‘rgatishdagi hamda kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni.

2. Kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning issiqlik effektlari va uning turlari.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha keys: Hosil bo’lish entalpiyasi (Ahb) noldan katta, noldan kichik va nolga teng bo'lgan holatlarda birikma mavjud bo‘la oladimi?

4. Issiqlik energiyasini ishga aylanishi. Karno sikli. FIK.

5. Har xil jarayonlarda entropiya qiymatining o’zgarishi.

6. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha keys: Tekshiriluvchi aralashmaning holat diagrammasini tuzish asosida tarkibi aniqlansin. Nomutanosiblik muammosi hal qilinsin.

7. Geterogen kimyoviy muvozanat.

8. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi.

9. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha keys: Nima uchun elektr o'tkazuvchanlik tajriba asosida o‘rganilyotganda o‘zgarmas tokdan foydalaniladi?

10. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha keys: Diffuzion potensialni hosil bo’lish sabablari va uni yo‘qotish muammolari?

11. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha keys: Kimyoviy kinetikaning kimyoviy texnologiyadagi ahamiyati.

12. Reaksiyaning tezligi va aktivlanish energiyasi.

13. Muammoli vaziyatni tahlil qilish bo’yicha keys: Katalik zaharlanishning salbiy oqibatlari va undan kelib chiqadigan muammolar.

14. Kolloid dispers sistemalarning optik xossalarini o‘rganish usullari. Nefelometriyada ishlash.

15. Adsorbsiyani oziq-ovqat va kimyo sanoatidagi o‘rni.

16. Koagulyasiya jarayonini kimyo va oziq-ovqat sanoatlaridagi va atrof-muhitni muhofazasidagi ahamiyati.

17. Dispers sistemalarni tahlil qilishni optik usullari: ultromikroskop, elektron mikroskop. Rentgenografiya va elektronografiya.

18. Elektrolitlar ta’sirida bo’ladigan koagulyatsiya.

19. Liofil kolloid eritmalar. Tabiiy va sintetik yuqori molekulali moddalar. Polielektrolit YuMB eritmalarining xossalari.

20. Ishlab chiqarish chiqindilarini utilizasiya qilishda dispers sistemalarning o‘rni.

Talabani fizikaviy va kolloid kimyo fanidan chuqur bilim olishidagi mustaqil ta’lim ishining asosiy maqsadi – bo’lajak mutaxassislarni dunyoqarashini, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha salohiyatini oshirish, ular ongida milliy g‘oya asoslarini shakllantirish; kafedra jamoasi rahbarligi va uzluksiz nazorati ostida talabada muayyan o’quv vazifasi va topshiriqlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.

Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va boshqa o‘quv adabiyotlarini mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni axborot resurs markazlaridan izlash, internet tarmoqlaridan foydalanib fanga oid rus, ingliz va boshqa chet tillarida chop etilgan adabiyotlarni elektron nusxalarini to‘pIash, shular asosida mavzuga oid taqdimotlar tayyorlash va o‘tkazish; salohiyatli professor-o‘qituvchilar rahbarligida laboratoriya ishlarini vertual stendlarini yaratish; ilmiy-ijodiy to‘garaklar doirasida ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruza tezislarini tayyorlash.



Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o‘zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy baholashlarda o‘z aksini topadi. Shu sababli reyling tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN va ON ballari ishlarining miqdoriy tarkibiga kiritilgan.


Download 31,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish