9.4.Inqirozga uchrayotgan korxonalara moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini ishlab chiqish jarayoni Bugungi kunda, sanoat korxonalarida inqirozga qarshi ichki dasturni tuzish va amalga oshirishda bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, u quyidagilardan iborat:
Inqirozga qarshi dasturni tuzish strukturasini yaxshi tushunmaslik;
Uni biznes-reja bilan aralashtirib yuborish;
Iqtisodiy nochor korxonalarda dasturni amalga oshirish uchun moliyaviy ta’minotdagi muammolar;
Dasturni amalga oshirishda malakali hodimlarning etishmasligi va sh.k.
Inqirozga qarshi boshqaruvni bitta andozasi bo‘lmagani kabi dastur ham barcha korxonalar uchun bitta tizimga solinmagan. Bu holat, bir tomondan investorlarni qiziqtirishda muammolarni tug‘dirsa, ikkinchi tomondan dasturning mazmunini tushunish va amaliyotga tatbiq etish ma’lum muammolarni vujudga keltiradi. Shu sababdan, amaliyot uchun inqirozga qarshi dasturni davlat miqyosida bitta standartini ishlab chiqish talab qilinadi. Mazkur dastur andozasi sodda, tushunishga oson va turli ortiqcha ma’lumotlardan holi bo‘lishi lozim. Iqtisodiy nochor korxonalar uchun inqirozga qarshi dastur tarkibi o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Birinchidan, korxonaning inqiroz davridagi moliyaviy-iqtisodiy holati e’tiborga olinadi.
Ikkinchidan, korxonaning moliyaviy ta’minot masalalari tahlil qilinadi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish darajasi va tayyor masulotga bo‘lgan bozor talabi o‘rganiladi.
To‘rtinchidan, tashqi muhit va hamkorlarning iqtisodiy holati va ular bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar monitoring qilinadi.
Beshinchidan, korxonani restrukturizatsiyaga moslashuvi va undan olinishi mumkin bo‘lgan natija aniqlanadi.
Oltinchidan, yuqoridagi mezonlarga asosan, inqirozga qarshi korxona dasturi tarkibiy tuzilishining shakli bo‘yicha boshqaruv qarori qabul qilinadi.
Inqirozga qarshi boshqaruvni strategik rejasi ishlab chiqilayotganda quyidagi tamoyillarga e’tibor qaratilsa, boshqaruv samaradorligi yanada ortadi:
Hisobotlarni vaqtida taqdim etish. Ma’lumki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish korxonalari ichki boshqaruv hisob siyosatiga katta e’tibor qaratmoqda. Chunki, rahbariyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishda bu juda asqotadi. Ko‘p hollarda ichki boshqaruv hisob siyosatidagi ma’lum raqamlar, ko‘rsatkichlar tashqi foydalanuvchilarga e’lon qilinmaydi – sir saqlanadi. Hisobotlarni vaqtida taqdim etib turish orqali korxonada kechayotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oydinlashib boradi. Shu sababli, korxonaning har bir bo‘limida sodir bo‘layotgan voqealarni hisobot tarzida aks ettirib markazlashtirilgan hollarda boshqaruvchiga topshirib turish lozim. Bu ko‘plab ijobiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, inqirozga qarshi boshqaruv yo‘lga qo‘yilgan davrda vaqtida hisobotlarni boshqaruvchiga taqdim etish tezlik bilan qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Hisobotlarni tuzishda ish bo‘yicha obyektiv ma’lumotlarni ko‘payishi noto‘g‘ri axborot oqimini qisqartiradi. Buning uchun ichki boshqaruv hisob siyosatida ko‘proq pul mablag‘larini harakatini rentabellik darajalari to‘g‘risida axborotlarni ko‘paytirish lozim.
Detallashtirish. Hisobotlarni vaqtida taqdim etish tamoyiliga asoslanib, korxona balansida turuvchi va unga bevosita qaram bo‘lgan filial, sho‘‘ba korxona, hududiy offislar va boshqa barcha bo‘limlardan topshirilayotgan axborotlar iloji boricha detallashtirilgan, qismlarga bo‘lingan holda taqdim etilgan bo‘lishi kerak. Boshqarilayotgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilayotganda detallarga ajratib topshiriladi. Bu axborotlar korxonani har qanday sharoitda qaror qabul qilinishi va boshqaruvini soddalashtiradi.
Xarajatlarning qisqartirilishini o‘ziga xosligi. Xarajatlarni qisqartirishda korxona rahbariyatidan ehtiyot bo‘lish talab qilinadi. Qisqartirilayotgan xarajatlar aksincha korxonaga zarar ham keltirish mumkin. Ko‘p joriy xarajatlar mahsulot uchun hayotiy zarur xarajatlar sifatida aks etadi va ularni qisqartirib bo‘lmaydi. Shu sababli, reja tuzishni birinchi bosqichida xo‘jalik yurituvchi subyekt uzoq muddatli rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirishi lozim: masalan, ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq xarajatlarni, kapital qurilish, ko‘p tomonlama marketing va boshqa ikkinchi darajali xarajatlarni qisqartirishi shart. Kadrlar bilan bog‘liq munosabatlarda xarajatlarni qisqartirishdagi shoshma-shosharlik ahvolni og‘irlashtirish mumkin. Iqtisodiy inqiroz havfi hali to‘liq aniqlanmagunga qadar kadrlarni ishdan bo‘shatish yoki o‘rnini almashtirish kabi hodimlar boshqaruviga tegmaslik lozim. Faqatgina, yangi ishchi va mutaxassislarni qabul qilishni to‘xtatib turish talab qilinadi.
Rejalarni qayta ishlab chiqish. Moliyaviy zararga olib kelayotgan har qanday strategiyani o‘zgartirish kerak. Buning uchun avvalambor, uni o‘rniga muqobil variantdagi reja ishlab chiqiladi. Chunki, talabga javob bermaydigan biznes-reja korxonaning maqsad va vazifalarini bajarilishini nazoratini yo‘qotadi. Bu boshqaruvning samaradorligi va korxonaning provard natijasini kamayishiga olaib keladi.
Aybdorlarga qarshi chora. Korxonaga inqiroz havf solayotganda, havf tug‘ilishiga sabab bo‘lgan subyekt kim bo‘lishidan qat’iy nazar ularga qarshi chora ko‘rilishi kerak. Agar korxonadagi nobarqaror vaziyat mas’ul shaxsning shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lsa, masalani jinoiy javobgarlikka qadar olib borish talab qilinadi. Chunki, bu boshqa hodimlarning keyingi harakatlariga ham turtki bo‘ladi.
Korxonananing kelishi mumkin bo‘lgan tahdidiga doim tayyor turish. Bunda havfni oldinidan aniqlash va unga qarshi choralarni ko‘rishga asosiy e’tibor qaratiladi. Korxona menejeri tashqi va ichki hatarlarni muntazam e’tiborda ushlab turishi va uni nazoratini qarshi choralar bilan o‘z nazoratida ushlab turishi zarur. Shunda korxona keyingi barcha qarshi immunitet hosil qiladi. Bu korxona muvaffaqitining kafolatidir.
Korxona faoliyatini muntazam tahlil qilib borish va ertaroq tashxis qo‘yish. Bu o‘z ichiga doimiy tahdidlardan saqlanish uchun uzluksiz tahlilini va tashxislashni o‘z ichiga oladi va shu bilan birgalikda korxonaning ichki foydalanilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini muntazam hisob-kitob qiladi.
Korxona rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan iqtisodiy inqirozlarga differensial yondoshuv. Bunda paydo bo‘layotgan har bir hatarni tabaqalashtiradi va shunga mos strategiya ishlab chiqadi. Bu korxonaning inqirozga ta’sirchanligini oshiradi.
Har qanday moliyaviy hatarlarga moslashuvchanlik. Ya’ni korxona hatarni xuddi oldindan sezgandek unga moslasha olishi va uni to‘liq nazoratda ushlashi lozim. Inqirozni to‘liq nazoratga olish uni nazorat qilish va tartibga solishni anglatib, hatarlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun korxonaning barcha imkoniyatlarini to‘liq ishga sola olish qobiliyati. Bunda korxona ichki imkoniyatlarinin baholab borishi va kerak bo‘lganda bor kuchini sarflay olish strategiyasini ishlab chiqish lozim. Korxona iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini maksimallashtirish moliyalashtirishning tashqi manbalariga ehtiyojni kamaytiradi va iqtisodiy mexanizmni takomillashuviga olib keladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonaning moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi qanday tuzilmada bo‘lishi uning umumiy mezonlari natijasida aniqlanadi. Shunday ekan, inqirozga qarshi dasturning tarkibiy tuzilishi quyidagi bloklardan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi:
Inqirozning turi va sababini aniqlash bloki.
Korxonaning xozirgi holatini tahlil va monitoring qilish bloki.
Korxonani sog‘lomlashtirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar bloki.
Inqirozni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar va ularning manbaasini aniqlash bloki.
Agar zarur bo‘lsa, restrukturizatsiya usulini tanlash bloki.
Inqirozga qarshi boshqaruv davridagi korxona byudjeti bloki.
Inqiroz davridagi korxonaning boshqaruv apparati va ishchi xodimlari bloki.
Davlat tomonidan korxonaga berilgan imtiyozlar va davlat bilan munosabatlarni takomillashtirish uchun mas’ul shaxslar bloki.
Korxona inqirozini bartaraf etish muddati va ishlarni bajaruvchi mas’ul shaxslar bloki.
Yuqorida keltirilgan inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi dasturining tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Qo‘mitasi tomonidan iqtisodiy nochorlik yuzaga kelgan sanoat ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan yoki korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amaliyotga tatbiq etilsa, quyidagi yutuqlarga erishiladi: