8.2-rasm. Korxona faoliyati va rivojlanishining SWOT-tahlili
Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi. Bunday deyilganda korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin bo‘lgan har qanday turli ko‘rsatkichlar va kattaliklar tushuniladi. Masalan, korxona darajasida bu ilg‘or yoki eng yangi texnologiyalar va «nou-xau»lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi, boshqarish va rag‘batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish.
Korxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishda jismoniy aktivlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar-moddiy boyliklar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari), bozordagi imiji (obro‘-e’tibor, maqsadli bozorda korxonaning obro‘si) va mehnat resurslari (oliy va o‘rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko‘rsatkichlar audit qilinishi mumkin.
Korxonaning kamchiliklariga qandaydir resurslar va imkoniyatlarning etishmasligi kirishi mumkin, ayniqsa, raqobatchilar bilan taqqoslaganda kuchli namoyon bo‘ladigan kamchiliklar. Korxonaning imkoniyatlarini korxona uchun umumiy va muayyan tovar bozoriga nisbatan olib qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin.
Tayanch so‘zlar: marketing-miks, strategik marketing, 4”P” , 5”P” , mahsulot, narxtaqsimlash, globalizm tamoyili, zamonaviy marketing innovatsiyalashuvi, integratsiyalashuv, bozor tadqiqotlari, portfelli strategiya, bozor o’sishining sur’atlari, investitsion vaziyat, strategik vaziyat,
o’sish strategiyasi,raqobatchilar strategiyasi,cabinet tadqiqoti, dala tadqiqoti, imitatsion modellashtirish, bozor imkoniyati,SWOT, CAP, CTEP,
Mustahkamlash uchun savollar
Marketing strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
Korxona nima uchun marketing strategiyasini yaratishi kerak?
Marketing-miks mohiyatani izohlab bering va u qanday qilib marketing maqsad va strategiyalarini tanlashda ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
Portfelli strategiyalarning instrumental strategiyalardan farqlanishi nimalardan iborat?
BKG tahlili qanday maqsadni ko‘zlaydi?
Marketing strategiyasini samarali joriy etishda qaysi omillar eng katta ta’sir ko‘rsatadi?
Maqsadli bozorni aniqlash uchun qanday yondoshuvlar ma’lum?
Nima uchun «diversifikatsiya strategiyasi»ni ko‘p firmalar afzal ko‘radi? Diversifikatsiyalashgan firmalardan misol keltiring.
Tasavvur qiling, siz «Kiyim», «Poyabzal» va «Mebel» do‘konlarining boshlig‘i (menejeri)siz. Har bir do‘kon uchun alohida yuqori va past daromadli iste’molchilarga mo‘ljallangan jozibali strategayalarni yarating. Javobni isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |