Haqqoniylik va xolisonalik tamoyili. Bu tamoyil tahlil uchun yig‘ilayotgan axborotlarni aniq dalillar asosida yig‘ilishini va xolis hech qanday ortiqcha qo‘shimchalarsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Shunda soxta yoki yashirin bankrotlik kabi inqirozga qarshi boshqaruv bilan bog‘liq jinoiy ishlar kamayadi. Chunki, tahlil qilinatgan ma’lumotlarning haqqoniy va xolis jamlanmaganligi va unga yolg‘on axborotlarni firib berish yoki yana boshqa g‘araz maqsadlarda qo‘shilishi olingan xulosa hamda korxona moliyaviy holati uchun qo‘yilgan tashxisni noto‘g‘riligini ta’minlaydi.
Manbaalar taxlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lishligi. Ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni yetarli darajada bajarishi kerak, bo‘lmasa, tahlil uchun zarur ma’lumotlar aniq tashxis qo‘yishda kamlik qiladi. Shu sababli, axborotlarni yig‘ish jarayonida oldindan barcha kerakli ma’lumotlar uchun alohida ro‘yhat qilinishi va unda axborot manbaalari aniq ko‘rsatib qo‘yilishi kerak. Mazkur ro‘yhatni ma’lumotlar yig‘ishga kirishishdan avval mutaxassislarga ko‘rsatib qo‘yish zarar qilmaydi.
Iqtisodiy xodisa va voqealarni ifodalovchi manbaalar aniq o‘lchamda aks ettirilishi. Bu moliyaviy hisobot shakllarini tahlilga tayyorlovchi hodimlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan funksional vazifasidir. Tahlil uchun tayyorlanayotgan barcha axborotlarning o‘lchov birligi va hisobot davri bir xil tartibga keltirilishi kerak. Agar barcha hisobotlarda o‘lchov birligi ming so‘mda belgilansa, qolgan axborotlar ham shunga taqqaslanishi va birxillashtirilishi lozim. Qiymat, natura o‘lchovlari tahlil davrida aralashtirib yuborilmasligi va bir xil davrni aks ettirishi kerak.
Barcha manbaalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligining saqlanishi. Barcha axborot manbaalari bir-birini keltirib chiqargan va uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim. Masalan mehnat unumdorligining o‘zgarishi bo‘yicha axborot taqdim etilayotganda ishchilar soni asosiy, yordamchi va xizmatchi ishchi-hodimlar ko‘rinishida, mahsulot hajmini esa ishlab chiqarilgan hamda sotilgan mahsulot hajmi ko‘rinishidia alohida berish maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda tahlilchilar korxona mehnat unumdorligini hisoblashda 2-sonli shakldagi sotilgan mahsulot hajmi ko‘rsatkichning o‘zi bilan cheklanib qoladi. Aslida bu noto‘g‘ri. Sababi korxona ishlab chiqargan mahsulotiga nisbatan bir necha barobar oz mahsulotni realizatsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu holat mehnat unumdorligini keskin tushib ketishiga olib keladi. SHu sababli, bu holatga tahlilda tushuntirish berib ketish zarur. va h.k.
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy taxlilda foydalaniladigan barcha manbaalarni ishonchliligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarni samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbaalarning turli- tumanligi, sermazmunliligi va ko‘pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tiborni qaratilishni taqozo etadi. Barcha yig‘ma ma’lumotlarni xar tomonlama to‘g‘riligini tekshirish: