Z5 ning sharti
|
Bankrotlik ehtimoli
|
1.8 va undan kam
|
Juda yuqori
|
1.81-2.7 gacha
|
Yuqori
|
2.71-2.9 gacha
|
Bo‘lishi mumkin
|
3 va undan yuqori
|
Juda past
|
Indeksning eng past holati Z-hisob = 2.7
|
|
Kelitirib o‘tilgan modelni faqatgina bozorda aksiyalari sotiladigan va aksiyalarining bozor qiymati mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan qo‘llash mumkin.
R.S.Sayfulin va G.G.Kadikovlar raqamlarda korxona moliyaviy holatini baholash uchun foydalanishni baholashni taklif qildilar.
R=2Kxkt+0,1Kjl+0,08Kayl.int.+0,45Kmen.+Kxk.ren
Bu yerda:
Kxkt – xususiy mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti > 0;
Kjl – joriy likvidlik koeffitsienti > 2;
Kayl.int. – bo‘naklashgan kapitalning aylanish intensivligi, qaysiki, 1 so‘mlik korxona faoliyatiga qo‘yilgan mablag‘ga to‘g‘ri keluvchi mahsulot hajmi bilan tavsiflanadi > 2.5;
Kmen. – menejment koeffitsienti, sotishdan kelgan foydani sotish hajmi tarkibidagi ulushi asosida tavsiflanadi. (Kmen > (n-1)/r, r – markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi);
Kxk.ren. – xususiy kapital rentabelligi, balans foydasini xususiy kapitalga nisbati > 0.2.
Barcha koeffitsientlar minimal me’yorga erishilganda koeffitsient 1 ga teng bo‘ladi. uni birdan past bo‘lishi qoniqarsiz hisoblanadi.
5.3-jadval
Bankrotlikni tashxislash ko‘rsatkichlari tizimi
Ko‘rsatkichlar
|
Formula
|
Ko‘rsatkichlarning holati
|
1-guruh
|
2-guruh
|
3-guruh
|
Biver koeffitsienti
|
(Sof foyda+Amortizatsiya) / Uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar
|
0.4-0.45
|
0.17
|
-0.15
|
Joriy likvidlik koeffitsienti
|
Joriy aktivlar/Joriy majburiyatlar
|
≥3
|
2-2.25
|
≤1.0
|
Moliyaviy leverej
|
Uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar/Jami aktivlar
|
≤35
|
≥50
|
≥80
|
Sof aylanma mablag‘larni jami aktivlar bilan qoplanish koefitsienti
|
Xususiy noaylanma kapital / Jami aktivlar
|
0.4
|
≥0.3
|
0.06
|
Iqtisodiy rentabellik
|
Sof foyda / jami balans
|
≥8
|
≥2
|
≤1.0
|
Inqirozni baholashning omilli modellaridan tashqari, ko‘rsatkichlarni holati bo‘yicha guruhlarga bo‘lib ularga ball berib chiquvchi modellar ham mavjud. Jahonda bunday modellarning eng taniqlisi Biver ko‘rsatkichlar tizimi hisoblanadi. Mazkur model ham o‘zida 5 ta formulani mujassamlashtirgan bo‘lib, har bir formula o‘z reytingiga ega. Hisob-kitob oxirida barcha ballar qo‘shib chiqiladi va korxonaga inqirozning hatar darajasi topiladi. Bu xulosa guruhlar yordamida aniqlanadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur modellarni qo‘llash uchun iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qo‘l keladi. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda yuqoridagi modellardan foydalanishda ularga yangidan ishlov berish lozim.
Tayanch so‘zlar: korxona tuzilmasi, tashxislash korxona moliyaviy mustahkamligi, moliyaviy reyting, hayotiylik sikli
Mustahkamlash uchun savollar
”Tashxislash” atamasini tushuntirib bering?
Korxonani inqirozga qarshi boshqaruvda tashxislash qanday amalga oshiriladi?
Korxonani reyiting asosda baholash qanday bo‘ladi?
Y.P.Jarkovskaya tashxislashning maqsadini qanday izohlagan?
Tashxislashga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?
Korxonalarni moliyaviy mustahkamligiga ko’ra taqsimlash uchun qaysi formulalardan foydalaniladi?
Inqirozni aniqlashning omilli modellarini aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |