Xavf-xatarni baholash va sug‘urtalash. Bu bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatarlar ro‘yxati tuzilib, ularning har biri keltirishi mumkin bo‘lgan zarar baholanadi. Ikkinchi qismida esa xavf-xatarlarni oldini olish va ularning zararlarini kamaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, sug‘urtalash dasturi aks ettiriladi.
Moliyaviy reja. Bu reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tadbirkorning o‘tgan va hozirgi davrdagi moliyaviy ahvoli, oxirgi uch yildagi foyda va zararlari, balanslari va moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar, kelgusi uch yilga prognoz qilinayotgan foyda va zararlar, balanslar, zararsizlik nuqtasi, pul oqimlari. hozirgi va prognoz qilinayotgan moliyaviy, koeffitsientlar va ularning tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili, moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji, ularni olish va shakllantirish manbalari, chetdan olish kerak bo‘lgan mablag‘ mulkdori ularni olish shartlari, qarzni qaytarish grafigi (taqvimi), investitsiyaning foydaliligini baholash, prognoz qilinayotgan moliyaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi va ularni asoslovchi hujjatlar, moliyaviy-buxgalteriya hisob yuritish tizimi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |