Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko‘rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo‘lgan tovarlar sotish hajmini ko‘paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. CHuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo‘qolgani sababli marketingga bo‘lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo‘ladi.
Differensiallashgan marketingayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo‘lgan ularning majmuilarida qo‘llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to‘laroq qondirish, bozordagi o‘rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganishga to‘g‘ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag‘batlantirish va sotish yo‘nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko‘paytiradi.