Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligi bilan quyidagi bitimlarni tuzishlari mumkin:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni;
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |