I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Download 0,72 Mb.
bet80/161
Sana31.12.2021
Hajmi0,72 Mb.
#248658
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161
Bog'liq
inqiroz

Bankrotlik alomatlari - Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuning sharhidan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik va bnkrotlik alomatlari korxona to‘lovga qodirlik darajasi bilangina emas, o‘z qarzdorligining muddati bilan aniqlanmoqda. Iqtisodiy nochorlik va moliyaviy nobarqarorlik tushunchalari esa bankrotlikdan tushunchasidan farqli ravishda korxona faoliyati tahlil(monitoring) qilinayotganda qo‘llaniladi. Unda hisob-kitob qilinayotgan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochorlik aniqlanadi. Masalan to‘lovga qodirlik darajasi normal bo‘lishi uchun 1.25 dan katta bo‘lishi kerak bo‘lsa, lekin natija 1.1 koeffitsientni tashkil qilsa, demak korxona aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochor deb yuritiladi va bu holat ham korxonanin ito‘liq iqtisodiy nochor deyilishiga sabab bo‘lmaydi. Bunday xulosaga kelish uchun korxona boshqa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha normal shartdan past natijani ko‘rsatishi kerak. Agar ma’lum ko‘rsatkichlar pastroq qolganlari normal shartdan balandroq natijani bersa, u holda korxonani tarmoq xususiyati, shartlari va o‘ganilayotgan holatning premeti va obyektiga qarab, bundan tashqari koeffitsientni ko‘rsatkichlar tizimida tutgan o‘rniga qarab nochor yoki barqaror degan xulosa berish mumkin.

Iqtisodiy inqiroz tushunchasi esa yuqoridagi barcha tushunchalardan farq qilib faqatgina korxonagan iqtisodiy jihatdan tahdid mavjudligini ko‘rsatib berish bilan kifoyalanadi. Chunki, iqtisodiy inqiroz degani bankrot degani emas, faqatgina shuni ehtimolini mavjudligidan dalolat beradi xolos. Iqtisodiy nochorlik ko‘rsatkichlarni normal shartni qanoatlantirishga qarab topilsa, aynan ishu tahlilni xulosasi iqtisodiy inqiroz tahdidi mavjudiligini ko‘rsatib beradi.

Yuqoridagi tushunchalarni izohidan shuni aniqlash mumkinki, bankrotlik “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuninng 4-moddasi asosida aniqlansa, iqtisodiy nochorlik biznes diagnostikasi yordamida aniqlanadi va har qanday nochor korxona ham bankrot bo‘lavermaydi. Iqtisodiy inqiroz esa tahdid hisoblanib diagnostikaning xulosasi asosida belgilanadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bankrotlik holatidan chiqish va to‘lov qobiliyatini tiklash uchun juda ko‘p chora-tadbirlardan foydalanadilar. Yuqorida inqirozdan chiqishni davlat tomonidan amalga oshirilish mukin bo‘lgan chora-tadbirlarini huquqiy xujjatlari bilan tanishib chiqildi, unda faqatgina xujjatlar strukturasi ko‘rildi, endi inqirozga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan amlga oshirilishini, ya’ni Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun asosidagi taomillarda ko‘rib chiqiladi. Unga asosan bankrotlik taomillari kuzatuv taomilidan to tugatishga doir ish yuritish taomiligacha korxonani holatidan kelib chiqib qo‘llanilaveradi. Uni quyidagi rasmda aks ettirish mumkin(7.1-rasm).

7.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik taomillarini umumiy turkumlaydigan bo‘lsak, sanatsiyalash ikkiga bo‘linganini ko‘rish mumkin:



  • Sud sanatsiyasi;

  • Sudgacha sanatsiya.

Qonunning 3-moddasida keltirilishicha: sudgacha sanatsiya qilish – bu qarzdor yuridik shaxsning muassislari yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash, hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmuasidir.




Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish