Maqsadli bozorlarni tanlash — bu korxona o‘zining marketing xatti-harakatlarini yo‘naltirmoqchi bo‘lgan jozibali bozorni aniqlashdir. Bu yerdagi qabul qilingan qarorlar yo‘nalishlarni, segmentatsiyaning mezonlarini va ko‘rsatkichlarini tanlash, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bog‘liq.
Marketing kompleksini ishlab chiqish qo‘yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo‘llashdan iborat. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun vaziyatning xususiyatiga qarab marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi ustuvor yo‘nalishlar va strategik qarorlar ko‘rsatilgan holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |