Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o‘ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulushining yetarligi va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga erishishdan iborat.
Korxona hayotiyligida marketing tadqiqotlarini samarali tadbiq etish yo‘nalishlari
Iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha ilg‘or marketing qurollarini keng va har tomonlama hisobga oladigan marketing tadqiqotlarini olib borishning to‘liq chizmasi chop etilmagan. Bu nuqsonni quyidagicha izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |