Marketingni boshqarish
Marketingni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to‘rtta komponentni o‘z ichiga oladi:
korxona bozor imkoniyatlarining tahlili;
maqsadli bozorlarni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish.
Marketing boshqaruvida korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati yordamida uni harakatga keltirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |