Bog'liq 1-mavzu marketing va uning iqtisodiy ahamiyati
1.3. Marketingning boshqaruv funksiyasi
Tadbirkorlik faoliyati uchun eng asosiysi bu iste’molchilar ehtiyoj larini sotib olish xohishlari haqida qayg‘urishlari hayotiy zaruriyat hisoblanadi.
Ushbu jarayonni o‘rganishda esa boshqaruv juda katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing faoliyatini boshqarish – mahsulotlarni yaratish, yaratilgan
mahsulotlarni esa sotish va sotishdan keyingi xizmatni o‘z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyatlari marke ting tadqiqotlari asosida yetuk mutaxassislar va marketing faoliyatini yaxshi
tushunadigan xodimlar bilan faoliyat olib boradilar.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim hollarida esa, marketing ilmini yaxshi
egallagan xodimlar bilan ta’minlangan, ular ushbu biznes faoliyatini bo zor muhitiga mos ravishda olib borish hamda ehtiyojlarni qondirish,
iste’molchilarni o‘rganish orqali korxonada kerakli natijalarni ko‘rsatib
kelmoqdalar.
Tadbirkorlik faoliyatining yo‘nalishi va biznes faoliyati turiga qarab
mutaxassislar samarali marketingni boshqaruv tizimini taklif etishadi.
Kichik tadbirkorlikda marketingni boshqarish unchalik katta mutaxas sislar guruhidan iborat bo‘lmasada, ularda kichik bo‘lsa ham marketingni
boshqaruvchi lavozimi mavjud.
Ko‘p hollarda esa kichik tadbirkorlikda korxona egasi, ya’ni tadbirkor
boshqaruvchi, u marketingni boshqaruvchisi ham bo‘lib hisoblanadi. Shu
bilan bir qatorda rahbar, ya’ni mulk egasi, moliyani boshqaruvchisi va
kadrlarni boshqaruvchisi ham bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiy qonunlarini yaxshi
bilmay turib tadbirkorlik faoliyatini boshqarib bo‘lmaydi. Boshqarish jara yonida tadbirkorlik faoliyatidagi hamma axborotlar ham ahamiyatli hisobla nadi. Masalan, bozorda ishlab chiqilgan yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarga
nisbatan talab, bozordagi raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim
hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida marketingni boshqarishning yana bir usuli narx
siyosatidir. Tadbirkor narxlashda talab va taklif bilan birga iste’molchilarning
ehtiyojlarini, ularning iqtisodiy to‘lov qobiliyati darajasini, ularning did larini, xohish va istaklarini hisobga olib borgan holda boshqarishni o‘z
ichiga oladi.
Ishlab chiqarayotgan va sotayotgan mahsulotlariga narxni to‘g‘ri belgi lash biznesni samarali boshqarishdan darak beradi.
Marketingni boshqarish jarayoni quyidagicha tuzilgan bo‘ladi:
1. Bozor muhitining tahlili.
2. Maqsadli bozorni tanlash.
3. Marketing kompleksini ishlab chiqish.
4. Marketing tadbirlarini hayotga tatbiq qilish.
Bozor muhitini tahlil qilish jarayonida tadbirkor o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadini amalga oshirish uchun ushbu tahlildan keng foydalanadi. Bozor
muhitini tahlil qilish va uni boshqarishda bozordagi iste’molchilar, ular ning talablari, raqobatchilarning faoliyatlari va narx-navo siyosatini o‘rganib
o‘z faoliyatlarini boshqarishlari muhim hisoblanadi.
Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda maqsadli bozor
tanlab olinadi va unda faoliyat olib boriladi. Bunda bozordagi talab hajmi
o‘rganilib chiqiladi va bozorni segmentatsiyalash (guruhlarga bo‘lish) jarayoni
amalga oshirilib tahliliy o‘rganiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda bozor muhitini tahlili va bo zordagi ma’lumotlar asosida tahliliy harakat qilish majmuasi ishlab chiqi ladi. Shunga ko‘ra tovar ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan tovarga narx
o‘rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va sotishni rag‘batlantirish ustida
faoliyatlar olib boriladi.
Yuqoridagi tahliliy natijalarga tayangan holda marketing tadbirlarini hayot ga tatbiq etish va boshqarish jarayoni amalga oshirilib boriladi. Ushbu bosqichda
esa strategik rejalashtirish, nazorat va uning turlari to‘liq yoritib beriladi.
Marketing boshqaruvi. Bu bo‘limda marketing boshqaruv tuzilmasini
belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Mumkin bo‘lgan variantlar sifatida bu yerda quyidagilarni o‘z ichiga olgan
marketing boshqaruv chizmalari bo‘lishi mumkin:
a) erkin marketing xizmatini yaratish; b) uning optimal strukturasini
belgilash; d) tanlangan marketing xizmatini hisobga olgan holda boshqa
xizmatlar va boshqaruv tuzilmalari bilan o‘zaro aloqa tizimi.
Kichik biznes korxonalari faoliyatining o‘ziga xosligi shundaki,
boshqaruv personali shtatining chegaralanganligi marketing xizmatini o‘z
ichiga oluvchi ixtisoslashgan boshqaruv strukturalarini yaratishga imkon
bermaydi. Bunday holatda marketing tadbirlarini o‘tkazish alohida shaxs larga topshirish va quyidagi jadvalni to‘ldirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.