I мавзу. «Илмий тадқИҚот методологияси» фанининг мақсади ва вазифалари фан тушунчаси Бакалавриатни битириб магистратурага ўқишга кирган магистрантлар «Катта фан»



Download 109,51 Kb.
bet23/25
Sana20.04.2022
Hajmi109,51 Kb.
#568061
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2. Ilmiy Tadqiqot Metadologiyasi

Savollar va vazifalar
1.Empirik tadqiqot qanday xususiyatga ega?
2.Nazariy tadqiqotda nima o‘rganiladi?
3.Nazariy muammoni kelib chiqish sababi nimada?
4.Nazariy muammoni hal qilishda qanday amallar bajariladi?
5.Nazariy tadqiqot maqsadini izohlab bering.
6.Nazariy tadqiqot oldiga qo‘yiladigan vazifalar.
7.Ilmiy tadqiqotda nazariyani o‘rni va roli.
8.Nazariyani samaradorligi nimada namoyon bo‘ladi.
9.Nazariyaga keng ma’noda berilgan ta’rif.
10.Nazariyaga tor ma’noda berilgan ta’rif.
11.Nazariyani tarkibiga nimalar kiradi.
12.Ijtimoiy-gumanitar nazariya qanday xususiyatga ega.
13.Nazariya bajaradigan asogsiy funksiyalar.
14.Fakt nima?
15.Fakt va nazariya: ular o‘rtasidagi farq va bog‘lanish.
16.Postnoklassik fanlarda fakt qanday xususiyaga ega bo‘lmoqda?
17.Tadqiqot jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

II. TADQIQOTDA ARGUMENTATSIYA USULIDAN FOYDALANISH


1. Ilmiy tadqiqotda argumentatsiyani ishlatish
Ilmiy tadqiqotning muhim tomonidan olingan faktlarni qayta ishlash, olg‘a surilgan yangi g‘oyalarni tekshirib chiqish, tahlil qilish tashkil qiladi. Bu ishda samarali yordam beradigan mantiqiy vosita-argumentatsiya, ya’ni, bildirilgan fikrni asoslash va isbotlashdir.
Fikrni chin yoki nochin ekanligini aniqlash imkoniyatini beradigan usul, uni tarkibiga kiradigan qoidalar va tamoyillar mantiq fanida ishlab chiqilgan.
Olg‘a surilgan g‘oyalarni, tadqiqot doirasiga kirgan yangi tushunchalarni asoslaydigan qoidalarni ishlatish argumentatsiya, deb ataladi.
«Agument» so‘zi lotincha isbotni asosi ma’nosini bildiradi. Argumentatsiya biron-bir fikr yoki g‘oyani asoslash uchun chin hukmni keltirish jarayonidir. Bunda hukm argument (asoslash, isbotlash) rolini o‘ynab, boshqa fikrni chinligini asoslaydi.
Argument – bu chinligi tajribada yoki aniq faktlar bilan tekshirilib isbotlangan fikr bo‘lib, boshqa fikr yoki hukmni asoslash uchun keltiriladi. Argument sifatida ma’lum nazariy tizimda qabul qilingan aksiomalardan ham foydalanish mumkin.
Argument har qanday isbotni tarkibiy qismini tashkil qiladi. Tabiiy-ki, argument ishlatilishidan oldin isbotlangan bo‘ilishi lozim. Hukm argument bo‘lishi uchun 2 ta talabni qondirish lozim:
1) isbotlanishi lozim bo‘lgan fikr uchun yetarli asos bo‘lishi;
2) chinligi mustaqil isbotlangan, isbotlanishi kerak bo‘lgan fikrga bog‘liq bo‘lmasligi.
Mantiq qoidalariga zid kelgan fikr argument sifatida ishlatilmaydi.
Argumentda bu qator hislatlar mavjud: chinlik, isbotlanganlik, ishonchli bo‘lishi, bir ma’noga ega bo‘lishi.
Argumentatsiya tarqiqotning barcha bosqichlarida ijodiy topilma yoki biron-bir tasavvurni asoslashda katta rol o‘ynaydi. Aytaylik, ilmiy muammoni qo‘yish va va tavsiflashda ma’lum g‘oya turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘z navbatida cheklangan, lekin argument sifatida qabul qilingan faktual hukm (tajribaviy ma’lumot) ob’ektning ma’lum tomondan noma’lum tomonga o‘tish, ya’ni izlanishga oid masalalarni aniqlash, tadqiqot predmetini belgilash imkoniyatini beradi.
Muammo tavsiflangandan keyin izlanish jaryonida ob’ekt xossasini tushunish yoki tushuntirishga qaratilgan gipoteza olg‘a suriladi. Ilmiy faraz asoslangan, tajribada tasdiqlangan tushunchalar va faktlar yordamida, ya’ni, argumentatsiyalash jarayonida tekshiriladi. Nazariy tahlil amalga oshirilgandan keyin ilmiy faraz tarkibiga yangi aniqlangan tasavvurlar, qoidalar, tamoyillar qo‘shiladi. Natijada mavjud ishchi gipoteza nazariy tizim yoki ta’limot darajasiga ko‘tariladi.
Hosil bo‘lgan nazariy tizim mantiqiy argumentatsiyalashtirish qonun-qoidalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Mana shu tarzda fanda yangi nazariya vujudga keladi.
Argumentatsiyalashtirish amali aslida mulohaza yuritganda isbotlashning qoidalari, yo‘llari va usullaridan foydalanishni bildiradi. Mana shu amalni mantiqiy mexanizmini ko‘rib chiqamiz.
2. Isbotlashning yo‘llari va usullari
Isbot bir fikr chinligini boshqa fikr yoki hukmlar orqali ososlashga qaratilgan mantiqiy jarayondir. Isbotlash xulosa chiqarishga nisbatan qarama-qarshi turgan mantiqiy mulohazadir. Bunda xulosa ikki hukmni natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan:
· Barcha metallar elektr toki o‘tkazish xossasiga ega
Kumush elektr toki o‘tkazish xossasiga ega.
Demak,kumush metalldir.
Xulosani chinligi keltirilgan hukmlarning hajmi va turdoshligiga bog‘liq. Isbotni to‘g‘riligi esa argumentlarni, asos bo‘lib xizmat qiladigan hukmlarning chinligidan kelib chiqadi.
Har qanday isbot uch qismdan iborat: tezis, dalil va namoyish (mantiqiy asoslash).

Download 109,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish