Ba`zi bir maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo`lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to`plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klaviaturasini bosib turgan holda 0 raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali kiritiladi. Maxsus simvollarga savdo markazining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash belgisi, ochilgan va yopilgan qo`shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifbening o`ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar shu ishlatilayotgan matn muharririda bu belgilar bo`lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original-maketni tayyorlayotgan vaqtda Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin.
5. Dars yakuni.
O`tilgan yangi mavzu bo`yicha tushunmagan savollariga javob berish, o`quvchilar bilimini baholash, muhim joylarini takrorlab mashg`ulotga yakun yasash.
6. Uyga vazifa:
M.Aripov, “Informatika. Axborot texnologiyalari”, Toshkent 2003 yil, 278- 290 betlarni o`qib kelish.
31- mavzu
“Page Maker dasturi da matnlar bilan ishlash ” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot darsini olib boorish texnologiyasi
O’quvchilar soni
|
10-15 o’quvchi
|
Vaqti:
|
2 soat
|
Dars shakli
|
Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish amaliy mashg’uloti
|
Mashg’ulot rejasi
|
Page Maker tizimi.
Page Makerda qo`lyozmani nashrga tayyorlash.
Qo`lyozmani kiritish va tahrir qilish.
Qo`lyozmani o`qib chiqish va formatlash
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |