Xossalar (Property Bar) satri Свойства (Property Bar) asboblar satridagi maydonlar va tugmalar yig'indisi foydalanilayotgan asboblar yoki tanlangan obyektga bog'liq bo'ladi, masalan, asboblar satridagi matn bloki tanlanganda matnning parametrlari ko'rsatiladi.
Свойства (Property Bar) satridagi asboblardan birontasi tanlanmagan bo'lsa, hujjatning umumiy parametrlari ko'rsatiladi, masalan, sahifa formati, uning oriyentatsiyasi va hokazo ko'rsatiladi.
Holat satri (Status Bar) Ekrandagi ishchi oynaning pastgi qismida holat satri (Status Bar) joylashgan, bu satrda obyektlar haqida ma'lumotlar beriladi yoki quyidagi parametrlar: obvodka va zalivkalar, shrift turlari, tanlangan obyekt ma'lumoti va joriy asboblar haqidagi ma'lumotlar beriladi. Holat satrining ko'rinishi va tuzilishini o'zgartirish ham mumki.
Asboblar paneli (Toolbox) Asboblar paneli ishchi oynaning chap tomoniga joylashtirilgan bo'ladi. Asboblar panelidagi grafik obyekti ustida quyidagi amallar bajariladi - obyektlarni yaratish, ajratish, muharrirlash va ko'chirish.
Asboblar bilan ishlash paytida kursor tanlangan obyektga qarab shaklini o'zgartiradi. Shu bilan birga, asboblar panelidagi ba'zi bir asboblar guruhini «8игиусЫ»(«Плавающие») panel ko'rinishida yoki «Flyout» ko'rinishida sozlash mumkin.
Docker ko'rinishidagi panel Docker ko'rinishidagi paneli muloqot oyna shaklida bo'ladi. Bu panellar har doim ekranda mavjud bo'ladi va ishchi oyna yonida joylashadi. Ekranga kerakli bo'lgan panelni chaqirish uchun menyuning Oyna (Window) va Docker (Dockers) ko'rinishidagi panel buyrug'i va ochilgan ro'yxatdagi panellardan bittasi tanlanadi.
Graphic and Text Styles paneli (Стили текста и графики) -grafik va matn stillarini yaratadi va o'zgartiradi.
Color Styles paneli (Цветовые стили) — obyektlar bilan ishlashda ranglarni tanlaydi va ular yordamida amallar bajaradi.
Symbols and Special Characters paneli (Символы и специальные знаки) - mavjud bo'lmagan belgilarni tasvirlashda foydalaniladi.
Internet Bookmark Manager paneli (Диспетчер закладок Internet) — gipermatnlarni boshqarish va yaratishda ishlatiladi.
HTML Object Conflict paneli (Анализатор конфликтов объектов HTML) — Internetda nashr etilgan avvalgi hujjatlar-ning to'g'riligini tekshiradi va noto'g'rilarini tuzatadi.
[3 File Edit View Layout Arrange Effects Bitmap? Text Tools Window Help-jS.iiiii
Script and Preset Manager paneli (Диспетчер макросов и готовых образцов) — makro dasturlarni yozishda foydalaniladi.
Object Data paneli (ma'lumotlar jamg'armasi) — har bir obyektning jadvaldagi ma'lumotlari berkitiladi, masalan, narxi, o'lchami va hokazo ma'lumotlar.
Object Properties paneli (Свойства объектов) — hujjat-dagi obyektlarning barcha parametrlari haqida ma'lumot beradi va o'zgarish kiritadi.
Link Manager paneli (Диспетчер связанных изображений) — hujjatda mavjud emas, faqat u bilan bog'langan tasvirlarni boshqaradi.
Bitmap Color Mask paneli (Цветовая маска точечного изображения) - rastrli tasvirlar bilan ishlashda ranglar maskasini yaratadi.
Lens paneli (Линза) — linza turini tanlash va uning parametrlarini o'rnatadi.
Artistic Media paneli (Имитация) — vektorli qalamning murakkab turlari bilan ishlaydi.
Transformation paneli (Трансформирование) — obyektlarni siljitishning har xil turlari bilan ishlash.
Shaping paneli (Изменение формы) — bir nechta obyektlarni uch xil ko'rinishda biriktirish.
Color (Цвет) va Color Palette Browser (Цветовые палитры) panellari — ranglar bilan ishlash.
Browse (Обзор) paneli — hujjatlarni boshqarish va ularni har xil ko'rinishlarda ko'rish.
Cliparts (Векторные изображения), Photos (Фотографии), 3Dmodels (Трехмерные модели) panellari - dastur bilan birgalikda o'rnatilgan kompakt disklar bilan ishlash (CD-ROM).
FTP Sites (Сайты FTP) paneli — FTP saytlarini saqlash va katta massivli ma'lumotlarni ko'chirish uchun ular bilan tez bog'lanish.
Agarda yuqorida ko'rsatilgan menyuda qandaydir buyruq bo'lmasa u holda menyuni (Menu) Parametrlar (Options) yordamida qo'shish mumkin.Interfeysni saqlash va o'zgartirish CorelDRAW dasturi interfeysini foydalanuvchi o'zi xohlaganday qilib rostlashi va uni xotirada saqlash imkoniyati bor.
Uning uchun quyidagi amallar bajariladi: Menyuning (Tools) dan Optsii... (Options) buyruq tanlanadi va ochilgan muloqot oynasidan Interfeys (Workspace) tanlanadi. Yangi... (New) tugmasi ekranga Yangi interfeysni (New Workspace) yoritadi. Yangi interfeysni (New Workspace)da interfeysning yangi parametrlarini kiritish uchun foydalaniladi; masalan, Nom-maydoniga yangi interfeys nomi (Name of new workspace) kiritiladi va
yangi interfeysni joriy qilish uchun belgi (Set as current) qo'yiladi.
Hujjatlarni xotirada saqlash CorelDRAW dasturida hujjatlarni xotirada bir nechta usul bilan saqlash mumkin.
Menyuning Fayl (File) va Saqlash (Save) buyrug'i yordamida joriy hujjatni joriy jildda saqlaydi. Bu amal asboblar panelidagi maxsus tugma yordamida ham amalga oshiriladi.
Сохранить как... (Save As) buyrug'i esa joriy hujjatni boshqa nom va boshqa jildda, va boshqacha formatda saqlash imkoniyatini beradi. Bu amalni bajargandan keyin yangi hujjatni xotirada saqlab, ekranga Tasvirni saqlash (Save Drawing) ni beradi.