I-mavzu. 1918-1939 yillarda angliya reja; 1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya



Download 364,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.07.2022
Hajmi364,72 Kb.
#818672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

 
4-savol bayoni;
Iqtisodiy va siyosiy sohalarda ko‘rilgan tadbirlar hamda sanoatning 
rivojlantirilishi natijasida 1934 yildan boshlab umuman Angliya sanoat ishlab chiqarishi bir 
muncha o‘sdi va 1929 yildagi darajaga yetib undan bir oz oshdi. Bu esa aviatsiya ximiya va boshqa 
bir qator sanoat tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo‘ldi. Tashqi savdo aylanmasi ko‘paydi. 
Lekin mamlakat ilgarigi vaqtlardagidek, yangi iqtisodiy yuksalish davriga kirolmadi. Urush 
xavfiga qarshi, tinchlik uchun bo‘lgan umumdemokratik harakat sezilarli darajada rivojlana bordi. 
1935 yilda “tinchlik plebissiti” o‘tkazildi. Ovoz berishda 11,5 million kishi qatnashdi. Plebissit 
ishtirokchilarining mutloq ko‘pchiligi kollektiv xavfsizlik uchun, qurolsizlanish va agressiv 
davlatlarga qarshi ta’sirli sanksiya qo‘llanish uchun ovoz berdi. Hukmron doiralar plebissit 
natijalarini hisobga olib, hukumat tarkibini qaytadan tuzdilar.
“Milliy hukumat”ning bosh ministri Makdonald 1935 yil iyunida iste’fo berdi va 
konservatorlar lideri Bolduin bosh ministr qilib tayinlandi. 1935 yil noyabrida navbatdagi 
parlament saylovida Bolduin boshliq konservatorlar xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish, 
kollektiv xavfsizlik siyosatini yuritish kabi va’dalar berish yo‘li bilan g‘alaba qildilar. 
Konservatorlar keng jamoatchilik oldida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 1937 yilga 
qadar milliy leyboristlar va milliy liberallar bilan bir blokda bo‘ldilar va Bolduin boshchiligida 
ikkinchi konservativ “Milliy hukumat” tuzdilar. 1937-1940 yillarda Nevil Chemberlen ushbu 
konservativ hukumat tepasida turdilar.
Bolduin va Chemberlen boshliq konservativ xukumatlari tashqi siyosatda leyboristlar 
partiyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan Angliya-Germaniya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlarini 
SSSR hisobiga bartaraf qilishga intildi. Boltiq dengizida Germaniyaning pozitsiyasini kuchaytirish 
maqsadida 1935 yil 18 iyunda Angliya Germaniya bilan dengiz bitimini tuzdi.
Angliya AQSH va Fransiya bilan birgalikda “aralashmaslik” siyosati niqobi ostida ish 
ko‘rib, fashist davlatlarning agressiyasini rag‘batlantirdi, 1935-1936 yillarda Italiyaning 
Xabashistonga qarshi, 1936-1939 yillarda Germaniya va Italiyaning Ispaniyaga qarshi 
intervensiya qilishlariga va 1937 yilda Yaponiyaning Uzoq Sharqda Xitoyga qarshi urush ochishi 
uchun keng imkoniyat berdi. Angliya, AQSH va Fransiya g‘arbda (mavjud holatni) saqlab qolish. 
fashizm agressiyasini Sharqqa-SSSRga qarshi qaratish uchun zo‘r berib urindilar. 1937 yil 
noyabrida Angliya hukumati lord Ralifaksni Germaniyaga yuborib, SSSRga qarshi Angliya, 
Germaniya Italiya va Fransiyadan iborat ittifoq tuzishni Gitlerga taklif qildi. Shu bilan birga 
Gitlerga Germaniyaning Dansigni, Avstriya va Chexoslovakiyani bosib olishga Angliyaning rozi 
ekanligini bildirdi. Angliyaning roziligi bilan Germaniya 1938 yil 12 martida Avstriyani bosib 
oldi.
N.Chemberlen fashist agressor davlatlari bilan juda yaqinlashish natijasida konservatorlar 
partiyasida va hukumatda oppozitsiya vujudga keldi. Oppozitsiya tashqi siyosatda fashist 
agressorlariga qarshi, mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish, ehtiyoj choralari ko‘rishni 
talab qildi. Oppozitsiya tashqi siyosat masalalari munosabatlari bilan vujudga kelgan edi. SSSRga 
qarshi kurash masalasida esa ularning hammasi bir maslakda edi. Oppozitsiya munosabati bilan 
hukumat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turdi. (1937 yil mayida bosh ministr Bolduin o‘rniga 
Chemberlenning kelishi, 1938 yil fevralida tashqi ishlar ministri Iden o‘rniga Ralifaksning kelishi 
va hokazo).


Uch yil davomida N.Chemberlen Gitlerni ko‘p sonli yon berishlar yo‘li bilan 
“tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo‘ldi. N.Chemberlenning siyosiy maqsadi 
to‘rt davlat-Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o‘rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning 
fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o‘tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga 
olib kelardi. Shu sababli N.Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa 
yo‘llarini izlashdan iborat bo‘ldi. N.Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh 
mualliflaridan biri edi. Gitler o‘zining Chexoslovakiyani to‘liq yo‘q qilish rejalarini yashirmas va 
bu bilan Sudet viloyati faqat boshlanishi ekanini uqtirar edi. N.Chemberlen bunga qarshilik 
bildirmadi va Chexoslovakiya hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to‘g‘risidagi 
talabini qondirishni talab qildi.
Angliya hukumati, Chexoslovakiya hukumati bilan nemis fashistlari o‘rtasida vositachilik 
qilish uchun maxsus missiyani Rensimenni Pragaga yubordi. Chemberlenning o‘zi esa ikki marta 
(1938 yil 15 va 22 sentabrda) Germaniyada Gitler huzurida bo‘ldi.
1938 yil 29-30 sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida AQShning qo‘llab-
quvvatlashi bilan to‘rt davlat-Germaniya, Angliya, Italiya va Fransiya hukumatlari rahbarlarining 
kengashi bo‘lib, sharmandali bitim tuzildi. Myunxen bitimi Chexoslovakiya xalqiga nisbatan o‘ta 
ketgan xoinlik va katta jinoyat edi.
Ko‘p o‘tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G‘arbda 
Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi. 
Bu ma’lumot 1937 yildayoq Gitlerning G‘arbda urush boshlash, avval Versal bitimi mualliflari va 
yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so‘ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat 
berardi.Shuning uchun Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938 yildagiga nisbatan ikki 
baravar oshirildi. 1939 yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. 1939 yil 15 aprelda Angliya 
tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938 yil oxiriga kelib 
Angliya aviatsiyasi son jihatidan o‘sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi 
samolyotlar bilan ta’minlandi.
1939 yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma’lum qildi. Xuddi 
shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga xujum qilgan taqdirda 
Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko‘rsatishini 
anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu “kafolat”larga juda 
kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo‘lib olish va Sovet 
Ittifoqiga qarshi salib yurishi uyushtirish to‘g‘risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga 
ishonardi.
1939 yil martida Gitler Germaniyasi Chexoslovakiyaning hamma qismini bosib olgandan 
keyin Chemberlen hukumati tashqi siyosat va harbiy sohalarda ba’zi tadbirlarni ko‘rishga (bir 
qancha mamlakatlarning ittifoqchisi bo‘lishga tayyor ekanligini bildirishga, harbiy xarajatlarni 
oshirishga, majburiy harbiy ta’limni joriy qilishga) majbur bo‘ldi.
1939 yil bahorida Sovet hukumati kollektiv xavfsizlik sistemasi tuzishni hamda bu haqda 
muzokaralar boshlashni Angliya va Fransiya hukumatlariga taklif qildi. Mazkur hukumatlar bu 
taklifning xalqaro ta’sir kuchini va fashizmga yon berish siyosatidan mehnatkashlar ommasining 
noroziligi kuchayib borayotganligini hisobga olishga majbur bo‘ldilar. Oldin (mart-iyulda) 
diplomatik yo‘l bilan siyosiy muzokaralar so‘ngra (avgustda) Moskvada harbiy muzokaralar bo‘lib 
o‘tdi. Ayni bir vaqtda Angliya va Fransiyaning ig‘vosi natijasida Polshaning o‘sha paytdagi 
reaksion hukumati SSSR bilan hech qanday bitim tuzmasligini va fashist agressiyasiga qarshi 
kurashda sovet qo‘shinlarining boshqa mamlakatlarga yordam qilishi uchun Polsha xududlaridan 
o‘tkazmasligini bildirdi. Muzokaralar natijasiz tugadi. Shundan so‘ng 1939 yil avgustida 
Germaniyaning taklifiga muvofiq Sovet Ittifoqi Germaniya bilan xujum qilishmaslik to‘g‘risida 
shartnoma tuzdi.
Keskinlashib borayotgan xalqaro ahvol Angliya, Fransiya va AQSH hukmron doiralari 
umid qilganidek rivojlanmadi. 1939 yil 1 sentabrda Fashistlar Germaniyasi Polshaga xujum qildi. 
Shundan keyin Angliya va Fransiya hukumatlari xalq ommasi oldida uzil-kesil sharmanda 
bo‘lmaslik uchun va Germaniya dunyoni qaytadan ta’sir doiralariga bo‘lish to‘g‘risida Angliya 


bilan kelishmay, Yevropa va jahonda o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘liga butunlay o‘tib ketganligi 
uchun 1939 yil 3 sentabrda Angliya va Fransiya, Germaniyaga urush e’lon qildilar.

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish