I ma’ruza matnlari 1-mavzu. “Dinshunoslik” faniga kirish reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#485038
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU. “DINSHUNOSLIK” FANIGA KIRISH



I. MA’RUZA MATNLARI 
 
1-MAVZU. “DINSHUNOSLIK” FANIGA KIRISH
Reja 
1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash,
diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati.
 
Tayanch tushunchalar: 
Din, e’tiqod, Oxirat, Jannat, Do‘zax, Farishta, Qiyomat, 
politeizm, monoteizm.
 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum, siyosiy 
o‘zgarishlar kishilar ma’naviyatida o‘zgariShlarni keltirib chiqardi. Sovet totalitar tuzumi 
emirilgandan keyin inson ma’naviy kamolotining omillaridan biri bo‘lgan din mamlakatimiz 
hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni zgalladi. Ko‘pgina millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-
totuv yashayotgan O‘zbekistondagi barcha dinlarning tengligini ta’minlash, fuqarolarning 
e’tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir. 
Ma’naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlantirishda esa dinshunoslik fanining 
tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» 
fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali fan doirasiga kirgan 
masalalarni taxlil qilishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar 
taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish 
orqali ilmiy- falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan iborat. 
Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyatda diniy 
e’tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda mazkur fanning 
ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din xalqlar hayoti 
bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan, asta-sekin diniy tuzimni vujudga keltirgan. Natijada, 
ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday 
funksiyalar jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy 
taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning mohiyatini, jamiyatda, 
tarixda, ma’naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan mavzularda o‘z aksini topdi. 
Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan 
ma’naviy e’tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas’uliyatli mustaqillik davrida turli dinlarga e’tiqod 
qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga tortish, 
xokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, nohaq qon to‘kishga olib 
keladi.
«Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan ikkinchi 
shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. shuningdek, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan izchillik bilan 
borib, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlayottan O‘zbekistonda dinga bo‘lgan 
munosabatning asosiy mezonlari ham aniq belgilab beriladiki, amaliy o‘zgarish ham 
dinshunoslikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar 
Hayyom, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi bobokalonlarimizning ijtimoiy-falsafiy 
qarashlari bilan boyiganki, ular izchil xulosalarni ham keltirib chiqarishgan - birinchidan, har 
qanday din jamiyatda vujudga kelib, jamiyatda shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir: ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan 
ijtimoiy sharoitlar ta’sirida turli-tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan, ibtidoiy din 
tasavvurlaridan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti evolyusiyasini e’tirof etiSh 
dinshunoslik haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 


Dinshunoslik fani Falsafa, Tarix, Adabiyot, Pedagogika, Psixologiya, Etnografiya, Etika, 
Sotsiologiya kabi fanlar bilan bog‘liq. 
Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga etkazish, ularda falsafiy dunyoqarashni 
kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy. manbalarni o‘rganish va ular 
bo‘yicha ob’ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik fanining ahamiyati kattadir. 
Ma’lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan bog‘liq. U 
shaxsda diniy e’tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasi 
va uning hissiyotiga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta’rif beriSh 
bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi. 
Inson doimo turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har kimning o‘z ichki 
dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama-qarshi aqida va g‘oyalarning 
mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy to‘knashuvlarga olib kelmasligi, odamlar, dinu 
mazhablar mamlakatu davlatlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga 
to‘siq, sun’iy g‘oya bo‘lmasligi kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z 
e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda, ta’qiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va 
amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana biri shundaki, qonunlarni 
mukammal o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning mohiyatini, mazmunini ochib berishga 
xizmat.qiladi. 
Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda «Dinshunoslik» 
predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor berish 
lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din va hurfikrlilik xaqida ilmiy bilimlar berish orqali 
dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy xodisa ekanligini tushuntirish bilan jamiyat rivojlanish 
borasida zamonaviylashuvini, ba’zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi mumkinligini ham 
tushuntiradi. 
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning 
shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va 
merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. 
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada 
rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi 
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan 
faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini 
bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat 
qiladi. 
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng 
avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu haqda 
Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “
Diniy tashkilotlar va birlashmalar 
davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga 
aralashmaydi
”. 
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan, diniy 
tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib 
boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi 
va davlat nazoratidan xolidir. 
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan 
ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham 
jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. 
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. 
Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. 
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, 
davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji 
uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish