I ma’ruza mashg`ulotlari 1-mavzu: ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY ma’lumot. Aruzning nazariy asoslari reja



Download 49,55 Kb.
bet2/5
Sana13.09.2021
Hajmi49,55 Kb.
#173505
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 ARUZ TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT ARUZNING NAZARIY ASOSLARI

Ko`rsat jamoling mastonalarg`a,

Ishqinda kuygan parvonalarg`a.

Misralarni vaznga muvofiq o`qib turib bo`g`inlarga ajratsak, quyidagi chizma hosil bo`ladi:



Ko`r-sat ja-mo-ling mas-to-na-lar-g`a

Ish-qing-da kuy-gan par-vo-na-lar-g`a

Ya’ni ko`r, sat, ling, mas, lar, ish, qing, kuy, gan, par, lar bo`g`inlari tarkibida qisqa unli bo`lgan yopiq bo`g`in, mo, to, g`a, vo, g`a bo`g`inlari esa cho`ziq unli bilan tugagan ochiq bo`g`in sifatida cho`ziq bo`g`in deb belgilanadi. Ja, na, da, na bo`g`inlaridagi “a” unlisiqisqa o`qiliadi va shu tufayli qiqa bo`g`in sanaladi. Hijolarning o`zaro birikuvidan juzvlar hosil bo`ladi. Juzvning quyidagi turlari mavjud: sabab, vatad va fosila.




sabab

vatad

fosila

Sababi

xafif


Sababi

saqiyl


Vatadi majmu’

Vatadi

mafruq


Fosilai sug`ro

Fosilai kubro

-

VV

V -

-V

VV-

VVV-

Sabab, vatad va fosilalarning birikuvidan she’riy misralar hosil qiluvchi eng yirik bo`lak – rukn maydonga keladi.

Bir sababi xafif bilan vatadi majmu’ birikuvidan “Faulun” va “Foilun” ruknlari hosil bo`ladi. Agar vataddan so`ng sabab kelsa, “Faulun”, rukni aksincha sababdan so`ng vatad kelsa, “foilun” rukni tuziladi. Faulun rukni chizmasi V – – tarzida, foilun rukni esa –V– tarzida ifodalanadi.

Ikki sabab bilan bir vataddan to`rtta to`rt bo`g`inli rukn tuziladi. Bular mafoiylun, foilotun, mustaf’ilun va maf’ulotu ruknlaridir.

Vatadi majmudan so`ng ikki sabab kelsa, mafoiylun rukni (chizmasi:V– – –), vatadi majmu’ ikki sabab o`rtasida kelsa foilotun rukni (chizmasi: – V – –), vatadi majmu’ ikki sabadan so`ng kelsa, maf’uvlotu rukni (chizmasi: – – –V) hosil bo`ladi.

Shunday qilib, sabab, vatad, fosilalar birikuvidan aruz vaznining asllar deb ataluvchi quyidagi ruknlari hosil bo`ladi:



Rukn nomi

Chizmasi

Rukn nomi

Chizmasi

Faulun

V – –

Mustaf’ilun

– – V –

Foilun

– V –

Maf’ulotu

– – – V

Mafoiylun

V – – –

Mutafoilun

VV – V –

Foilotun

– V – –

Mafoilatun

V – VV –

Aruz vaznidagi she’r o`lchovlarining asosiy turlari – bahrlar yuqoridagi 8 ruknning turli tartibda birikib takrorlanishidan hosil bo`ladi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. bir ruknning aynan takroridan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlar 7 ta bo`lib, maf’ulotu ruknidan bo`lak, yuqoridagi 7 ruknning aynan takroridan hosil bo`ladi. YA’ni faulun rukni takroridan mutaqorib, foilun rukni takroridan mutadorik, mafoiylun ruknidan hazaj bahri, foilotundan ramal, mutafoilundan komil hamda mafoilatun rukni takroridan vofir bahri hosil bo`ladi.

  2. Мушокил bahri. Bu bahr ikki mafoiylun va bitta foilotun rukni takroridan tuziladi. Solim ruknlarining har bir baytda:

Foilotun mafoiylun mafoiylun

Foilotun mafoiylun mafoiylun

tarzida takrorlanishidan mushokil bahrinig mushokili musaddasi solim vazni hosil bo`ladi.


  1. G`arib bahri. Bu bahr ikki foilotun va bitta mustaf’ilun rukni takroridan tuziladi. Bu ruknlar har qaysi baytda solim holda:

foilotun foilotun mustaf’ilun

foilotun foilotun mustaf’ilun

tarzida takrorlanishidan g`aribi musaddasi solim vazni hosil bo`ladi.


  1. Sare’ bahri. Bu bahr ikki mustaf’ilun va bir muf’ulotu rukni takroridan tuziladi. Bu ruknlarning she’r baytlarida:

mustaf’ilun mustaf’ilun muf’ulotu

mustaf’ilun mustaf’ilun muf’ulotu

tarzida takrorlanishidan sare’ musaddasi solim vazni hosil bo`ladi.

Shunday qilib, 19 bahr bilan tanishdik. Hazaj, ramal, rajaz mutaqorib, sare’, xafif, muzore’, munsareh, komil bahrlari turkiy aruzda qo`llanadi. Vofir, tavil, muqtazab, g`arib (jadid), madid, basit, qarib, mushokil turkiy aruzda qo`llanmaydigan bahrlar hisoblanadi.



XII-XIII asrlar manbalarida o`n beshta bahr qayd etilgan bo`lsa, Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida o`n to`qqizta, Boburning "Muxtasar”ida esa "ariz" va "amiq" bahrlari ham qo`shilgan holda ularning soni yigirma bittaga yetgan. Bahrlar va ularning tarkibi quyidagi jadvalda o`z ifodasini topgan:




Download 49,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish