28
usul hamda shartlarini bilishi zarur. Masalan, kо‗pchilik xolatlarda uning foydalanuvchilari
maxsus paroldan foydalanishadi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan
bо‗lib, asosiy kо‗layligi barcha uchun ochiqligidir. ―Ulkan‖
tarmoqning foydalanuvchisi
unga kirish uchun qandaydir malumotlarni bilishi shart emas.
informator.ru saytida berilgan ma‘lumotga kо‗ra, Intranet tuzilishi jihatidan VPN-
texnologiyasiga asoslangan. Intranetda global tarmoq protokollari, mijoz-server tuzilishi va
boshqa xususiyatlar mavjud. Masalan, veb- xizmat — HTTP, elektron pochta — SMTP,
fayllar uzatuvchi — FTP protokoliari ishlatiladi. Kompaniya ichida axborot
almashinuvini optimallashtirishni maqsad etgan internetchalar yaratilishi uchun Web
internet serveri (HTTP(HTTPS) va pochta serveri (SMTP/IMAP e-mail) kerak bо‗ladi.
Bundan
tashqari, xabar almashinuvi uchun MSN Messenger, Jabber, yangiliklar
kiritilishiga NNTP, korporatsiya ichidagi aloqa faoliyatini ta‘minlashga VoIP serverlari
zarur. Ularning barchasi bir butunlikda intranetni hosil qiladi. Mazkur texnologiyalar hoh
katta, hoh kichik doirada bо‗lsin, korporativ axborot tizimida ma‘lumot
va yangiliklar
aylanishini ta‘minlayveradi.
Intranetning kо‗plab qо‗layliklarni taqdim etayotgani zamon bilan ham nafas
faoliyat olib borayotgan korxona va firmalarning qiziqishiga sabab bо‗lmoqda. U
hamkorlikda biror loyiha doirasida olib borilayotgan ish unumini oshiradi, axborot olishni
osonlashtiradi, tarmoqni istagancha tashkil etish imkonini beradi.
Ammo Intranet undan
foydalanuvchilarning global tarmoqqa kirishini ta‘minlash majburiyatini olmagan.
Internetga kirish uchun Intranet mijozi yana kо‗shimcha vositalardan foydalanishi kerak.
Biroq bunday holatlarda intranetdan xakerlarning bemalol о‗z maqsadi yо‗lida foydalanishi
mumkinligi esa uning asosiy kamchiliklaridan biridir.
Axboriy jamiyatda har bir sohadagi firma va kompaniyalarda doimiy axborot
aylanmasi kо‗payib bormoqda. Elektron xabarlar kuryer — xat tashuvchini ham, telefaksni
ham siqib chiqarmoqda. Ayni kunda Fapb davlatlaridagi firmalarda vaqtni tejash,
hamkorlikni kuchaytirish, qog‗oz sarfi uchun harajatlarni tejash maqsadida intranetdan keng
foydalanilmoqda. Internetdan kichik, Intranetdan katga shakldagi yangi tarmoq —
Ekstranetlarning paydo bо‗layotgani esa insoniyatni ―net‖lar
olamidagi ajabtovur
о‗zgarishlar sari boshlamoqda. Kо‗rinib turganidek, endilikda yagona tarmoq hisoblangan
Internet bilan birga undan xajmi jihatidan farqlanuvchi ―ukalari‖ Intranet va Ekstranetlar
xam axborot olamiga jadal kirib bormoqda.
XUB (Switch) qurilmasidan foydalangan xolda kompyuterni tarmoqqa ulash.
Hublar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‗lash uchun kerak bo‗lsa, Switchlar
binolar orasiga qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: