Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlarni bir necha qator qilib chiqarish uchun ishlatiladi.
Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “ab” piktogrammasi yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo’lgan joy ajratiladi. Natijada Memo1 matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu matn chiqarish maydoni dasturda natijalarni chiqarishda qo’l keladi. Natijani chiqaoishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi. Memo1.Lines.add(‘Echim=’+S);
Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memo1.Clear; buyruғini berish bilan amalga oshiriladi.