Page Maker dasturi imkoniyatlari. Page Maker Aldus Corporation fermasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, dastur yordamida nashir sahifasini ekranda ko’rish va chop qilungunga qadar unga tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o’zgartirishlar kiritilgandan so’ng, orignal-maket harif terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi. Har qanday hujjatni nashirga tayyorlashda quydagi ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.
tahrir qilingan qulyozma elementlarini oxirigacha toyyorlash;
kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;
original-maketni tayyorlash.
Ko’ratilgan rejani amalga oshirishda va har bir sahifani umumiy ko’rinishini tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Shundan so’ng, Page Maker dasturi yordamida origenal maket tayyorlanadi.
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matinning o’ng chegarasi kabi formatlash elimentlarini qabul qilmaydi. Lekin u quydagilarni qabul qiladi:
Shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harif va kichik hariflar, qushtirniq va tire simvollarini avtamatik ravishda moslashtiradi.
matn muharririda o’rnatilgan chap chegara o’zgarishsiz qoladi. Page Maker matn satrini ustun kengligida ajratadi;
matinning chap va o’ng chegaralari Page Maker dasturi o’rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matinlar fayillar chap chegarasiga 1duym qilib belgilangan bo’lsa u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiriladi;
Enter va Return klavishlarning bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul qilinadi;
tabulyasiyaning ichki simvollari matinni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi.
Ba’zi maxsus simvollar kompyuter klaviyaturasida bo’lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to’plamidagi istalgan simvol Alt klavishasini bosib turgan holda nol raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali amalgam oshiriladi. Maxsus simvollarga savdo m arkasining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash simvollari, ochilgan va yopilgan qo'shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifboning o'ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar ishlatilayotgan matn muharririda bu belgilar bo'lmasa, ularga joy tashlab ketishin-giz va original-maketni tayyoriagan paytda ularni Page Maker dastunda kiritishingiz mumkin.
PAGE MAKER dasturini ishga tushirish uchun WINDOWS sistemasida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk tugmasiga bosiladi, dasturlar ro'yxatidan Adobe bo'limiga tegishli Page Maker nomi tanlanadi.
Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi huijat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) menyusini ochib, undagi New (Noviy — Yangi) buyrug'ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot darchasi paydo bo'ladi.
Page Maker dasturini asosiy menyu orqali ishga tushirish
Bu darcha elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o'lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Разрешение — bosib chiqaruvchi qurilma qobiliyati) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o'rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo'lishi mumkin, agar lazerli printer bo'lsa, qiymati 300 yoki 600 bo'lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiq. Bu ishni Dosument Setup (Параметрыдокумента — Hujjat parametrlari) muloqot darchasidagi Compose to printer (Printer uchun tayyorlash) ro'yxati yordamida bajaramiz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer bo'lishi murnkin. Lekin ko'p hollarda yuqori sifatli suratli teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi qurilma oldindan aniqlanganda RM dasturi uchun kerakli shrift gamituralari va ranglar haqida ma'lumot olinadi. Agar qurilma turi ish davomida o'zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko'rinishi o'zgarib ketishi mumkin. Muloqot darchasida hamma parametrlami o'matib bo'lgach, OK tugmasida sichqoncha tugmasini bir marta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko'rinishi paydo bo'ladi.
Sahifaga kerakli ma'lumotlar yozilganidan so'ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File menyusining Save (Сохранить — Saqlash) yoki Save as (Сохранитькак...— Qaysi ko'rinishda saqlash...) buyrug'i tanlanadi, yoxud Ctrl-S tugmalari bosiladi. Yangi hujjat saqlanmoqchi bo'lsa, ekranda muloqot darchasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot darchasini yopish mumkin. Agar huijatning muqobil (alternativ) varianti boshqa nom bilan saqlanmoqchi bo'lsa, Save as (Сохранитькак... — Qaysi ko'rinishda saqlash...) buyrug'ini tanlash kerak.
Xotiradagi hujjatni o'qish. Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File (файл) menyusining Open (Открыть — Ochish) buyrug'idan foydalanamiz. File (файл) menyusining Recent Publications (Последниепубликации — Oxirgi nashrlar) buyrug'i yordamida xotiradagi oxirgi 8 ta nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan ishlashni tugatgandan so'ng, uni yopish uchun File menyusining Close (Закрыть — Yopish) buyrug'idan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |