I. M. Sechenov bizning hamma harakatlarimiz aslida refleksdir, deb ko‘rsatgan



Download 8,22 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi8,22 Kb.
#86775
Bog'liq
Soglom Turmush Tamoyillari


Mavzu: Faol harakat davomida organizmning holatlari va davrlari

Insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta‘minlash maqsadida har bir shaxs sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi kerak. Sog‘lom turmush tarziga faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, to‘la va sifatli ovqatlanish, gigiyena talablariga rioya qilish, ma‘naviy tarbiya olish va zararli odatlardan o‘zini uzoq tutish bilan erishish mumkin.

Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari faol harakat a‘zosi bo‘lib, muskullar qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi.

I.M.Sechenov bizning hamma harakatlarimiz aslida refleksdir, deb ko‘rsatgan.

I.P.Pavlov faol harakatni inson salomatligiga ta‘sir etuvchi, u bilan chambarchas bog‘liq ko‘rinish deb ta‘riflaydi.

Inson organizmining rivojlanishida harakat, ayniqsa, jismoniy harakatni o‘rni kattadir. Insoniyat yaratilganidan beri hayot va faol harakat bir-biri bilan bog‘liqdir.

Faol harakat bilan shug‘ullanish natijasida organizmda yurak-qon-tomir funksiyasi faollashib, nafas olish yaxshilanadi, suyaklar mustahkamlanadi, muskullar kuchli bo‘ladi, bo‘g‘imlar harakatchanligi kuchayadi. Kasallikka chalinish kamroq kuzatiladi va xastalanganda ham tez va oson tuzalib ketadi. Immun tizimi kuchayadi. Ovqat hazm bo‘lishining yaxshilanishi kuzatiladi. Asab tizimi mustahkamlanadi. Qaddi-qomat to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi va hokazo...

Faol harakat bilan shug‘ullanish natijasida organizmda ko‘pgina holatlar yuzaga keladi. Bunday holatlar bir-biridan fiziologik ta‘siri orqali farqlanadi, chunki har bir holatda organizmga turli omillar ta‘sir ko‘rsatadi.

Faol harakat bilan shug‘ullanishda organizmda quyidagi holatlar yuzaga keladi:

1. Start oldi holati

2. Harakatga kirishish holati

3. Turg‘un holat

4. Charchash holati

5. Tiklanish holati

Start oldi holati hali harakat boshlanmasidan oldin sodir bo‘ladi va organizmda bir qator fiziologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi: yurak urushi tezlashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Natijada ish qobiliyati yanada ortadi. Faol harakat boshlangandan so‘ng organizm asosiy harakatni bajarishni boshlaydi va harakat qobiliyatining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Faol harakat davomida fiziologik funksiyalar rivojlanishi bir tekisda davom etib, turg‘un holatga o‘tadi. Turg‘un holatda qanchalik uzoq turish insonning yoshiga ham bog‘liq. Bolalar turg‘un holat uchun kattalardan ko‘ra kamroq vaqt sarflaydilar. Har qanday harakat ma‘lum vaqtdan so‘ng charchashni yuzaga keltiradi. Charchash qaysidir organning, yoki butun organizmning zo‘riqishidir. Charchash muskul faoliyatida yuzaga kelib, energetik resurslar sarflanishini kamaytiradi va harakatni sekinlashtiradi. Organizm sarflagan energiyani tiklashi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Organizmni normal holatga olib keladigan jarayon tiklanish hisoblanadi. Dam olish jarayonida organizm yo‘qotgan energiyani qayta tiklaydi va muskul ishi oldingi holatga qaytadi. Tiklanish uchun qancha vaqt ketishi hafakatning tezligi, muddati, organizmning jismoniy holati va boshqalarga bog‘liq.

Texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, avtomatlashtirishning keng foydalanilishi oqibatida faol harakatning cheklanganini kuzatishimiz mumkin. Bugungi texnika taraqqiyoti asrida faol harakatning kundan kunga kamayib borishi- "gipodinamiya" vujudga kelmoqda. Bu esa yurak-qon-tomir kasalliklarining yildan yilga ortishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida serharakat bo‘lish inson salomatligi uchun nihoyatda foydalidir...

Xulosa: Insoniyat paydo bo‘libdiki, harakatsiz yashash olmaydi, rivojlana olmaydi. Faol harakat bilan shug‘ullanish har bir shaxs uchun muhimdir. Faol harakat bilan mashg‘ul insonda surunkali kasalliklar va xastaliklar kuzatilishi juda ham kam uchraydi. Shuning uchun ma‘naviy bilim olish bilan bir qatorda sog‘lom hayot kechirish uchun jismoniy mehnat, faol harakat bilan ham kundalik shug‘ullanib turish kerak.

Foydalangan adabiyotlarim:

1. D.D.Sharipova "Valeologiya" (Toshkent 2016-yil)

2. N.G‘.Azimov " Fiziologiya" (Toshkent 1996-yil)

3. B.Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov 8-sinf "Odam va uning salomatligi" darsligi (Toshkent 2016-yil)



Tamom...
Download 8,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish