Лекция (Ma’ruza) – o`quv elementi masofaviy ta’lim tizmining asosiy
mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ma’ruza,
amalaiy mashg`ulot darslarining ma’lumotlari tashkil etiladi. Ma’ruza sahifalar
to`plami asosida tashkil etiladi. Odatda, sahifalarning har biri savollar bilan yakunlanib,
savollarga berilgan javobga qarab talabalar keyingi bosqichga o`tishi yoki oldingi
bosqichni qayta o`zlashtirishi aniqlanadi.
Ma’ruza elementi quyidagi funksiyalarga ega:
Har bir dars baholanish imkoniga ega bo`lib, olingan natijalar baholar
jurnaliga yozilib boriladi;
Har bir dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish imkoni mavjud;
O`zlashtirilgan darslarga bajarilganlik haqida belgi qo`yiladi;
Yangi mavzularni mustaqil o`rganish mumkin;
Darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |