Super kompyuter. Juda katta tezlikni va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan kompyuterlar. Ular yordamida ob-havo global prognozi, uch o’lchovli fazoda turli oqimlarnig kechishi, global informasion sistemalarni va hokazolarni boshqarish masalalari bajariladi.
Katta kompyuter. Fan texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan kompyuterlar.
Mini kompyuter. Kichik hajmdagi, turli vazifalarni bajaruvchi cho’ntak kompyuterlari.
PC - Shaxsiy kompyuter. Hozirgi kunda korxanalar, o’quv yurtlar, muassasalarda keng tarqalgan kompyuterlar.
Notebook - Bloknot kompyuter. Hajmi ixcham va elektr energiyasi ichiga o’rnatilgan batareya (akamulyator) orqali ta’minlaydigan kompyuterlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |