Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har xil programmalar bu tugmalarga har xil amallarni o’rnatadi.
Yo’nalish tugmalari: Kursor joylanishini o’zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o’ngga va pastga siljitish.
Yordamchi tugmalar: Home - satr boshiga o’tish. End - satr oxiriga o’tish. PgUp - bir sahifa yuqoriga o’tish. PgDn - bir sahifa pastga o’tish. Insert - belgilarni o’chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o’rtasiga yozish holatini o’rnatish. Delete - Keyin (o’ngda) joylashgan bitta belgini o’chirish.
Raqamlar tugmalari: Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va /,*,-,+ belgilari
Monitorlar haqida nima bilasiz?
Monitor - displey yoki ekran. Kompyuterdagi ma’lumotlar va amallarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 millimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar monoxrom (2 rangli), rangli va suyuq kristalli bo’ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo’lsa, shuncha shu monitor ko’proq ma’lumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar o’rtasidagi masofa kichkina bo’lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar aniq holda ko’rinadi
Printerlar haqida nima bilasiz?
Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlar lazerli, matrisali (ignali) va sepuvchi (purkovchi) turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo’yicha farqlanadi. Matrisali printerlar pechatlash mashinkasiga o’xshagan holda ishlaydi. Qog’oz va ignali qurilma (kallak) o’rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga o’rganda qog’ozda nuqtalar paydo bo’ladi. Bu printerlar narxi o’rtacha, ular juda sekin va shovqin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida buyalgan lenta kerak bo’ladi. Sepuvchi printerlarda qog’oz ustidan buyoq joylashgan qurilma (kallak) lar harakatlanadi va kerakli joyda buyoq bilan no’qta qoldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular o’rtacha tezligda va o’rtacha shovqin bilan ishlaydi, bosmaning sifati o’rtacha, rangli bo’lishi mumkin, bosmani narxi qimmat. Ishlash vaqtida buyoqlar kerak bo’ladi. Lazerli printerlarni pechatlashi kserokslar ishlashiga o’xshash holda bo’ladi. Qog’oz magnitlangan qurilma ustidan o’tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus kukun joylashgan qurilma tagidan o’tib magnit-langan joylarga kukun yopishadi va keyin issiq qurilma ustidan qog’oz o’tib shu kukun eriydi va nuqta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezlikda va shovqinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi o’rtacha. Ishlash vaqtida kukun kerak bo’ladi.
Sichqoncha, modem, skaner va aktiv kolonkalar haqida nima bilasiz?
Sichqoncha. Sichkoncha - ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotni yengillashtiruvchi maxsus qurilma. Sichqoncha mexanik va optik turlarga bo’linadi. Sichqonchaning 2, 3 va 4 tugmachali turlari mavjud. Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, o’ng tugmasi esa yordamchi bo’ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, rasm chizamiz va har xil obyektlarni cho’zib joyini o’zgartiramiz. O’ng tugma esa bizga yordamchi menyuni ekranga chiqarishda yordam beradi.
Modem. Ma’lumotlar bilan telefon tarmog’i orqali aloqa almashish qismi. Modemlar ishlash tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bilan farqlanadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush holatida bo’ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu holat modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |